Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" "Jirona" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

"Barselona" "Jirona" futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Baho:
+ | -

"Jirona" yarim himoyachisi Alesh Garsiya "Barselona"ning transfer maqsadi hisoblanadi.

Mundo Deportivo jurnalistlariga ma’lum bo‘lishicha, "Ko‘k-anorranglilar" rahbariyati shartnomani yozgi transfer oynasida yakunlashni kutmoqda.

Klub allaqachon "Jirona" bilan bog‘lanib, dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan. Futbolchining shartnomasida ko‘rsatilgan tovon puli taxminan 20 million yevroni tashkil qiladi.

Uning mehnat shartnomasi muddati 2026 yil o‘rtalarigacha hisoblanadi.

Joriy Ispaniya chempionatida 26 yoshli yarim himoyachi 22ta o‘yin o‘tkazgan. Garsiya uchta gol urgan va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 14:25, 07.02.2024.
O'qildi: 1795 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик