Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Vadim Abramov BAA yig‘ini yakunlari, Superliga qur’asi va mavsum starti haqida intervyu berdi

Vadim Abramov BAA yig‘ini yakunlari, Superliga qur’asi va mavsum starti haqida intervyu berdi

Baho:
+ | -

O‘tgan haftada «Dinamo» jamoasi BAA yig‘inidan qaytdi va hafta yakunida Superliga yangi mavsumiga qur’a tashlanib, jamoamizning taqvimi ma’lum bo‘ldi. Bu borada jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramovning fikrlari bilan qiziqdik.

— Vadim Karlenovich, Abu-Dabi yig‘ini yakunlari haqida so‘zlab bersangiz. «Dinamo» BAAda nomdor jamoalarga qarshi o‘ynadi. Yig‘in jamoa uchun qay daraja foydali o‘tdi?
— Abu-Dabi yig‘ini ancha samarali o‘tdi, desam bo‘ladi. Sababi, birinchi kundanoq biz kuchli raqiblarga qarshi o‘yinlarga kirishdik. Dastlabki kunda Valeriy Karpin qo‘l ostidagi «Rostov» bilan o‘ynadik, 3 kun o‘tib Rossiya chempioni «Zenit», so‘ng Qatar olimpiya jamoasi, Saudiyaning «Al-Fayha» va «Al-SHabob» klublari bilan uchrashdik. Rossiya klublariga qarshi dastlabki ikki bahs omadsiz o‘tdi. O‘yingacha yetib kelish, o‘yin kungi ertalab o‘tkazilgan mashg‘ulotlar jamoani biroz toliqtirgandi. Qolaversa, biz Toshkentda sun’iy qoplamada tayyorgarlik ko‘rib, Abu-Dabidagi tabiiy maydonlarga moslashishga vaqt kerak bo‘ldi. Agar, «Rostov» va «Zenit» bilan yig‘in boshida emas, oxirida o‘ynaganimizda natija boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Chunki yig‘in yakunida biz uchrashgan Saudiya klublari ham ancha nomdor tarkibi bilan Osiyoda o‘z o‘rniga ega bo‘lgan klublar edi va ular bilan tengma-teng o‘yin ko‘rsatdik. Umuman olganda, yig‘inda tayyorgarlik bilan birga nimalarga qodirligimizni bilib oldik.

— Kuni kecha Superliga yangi mavsumiga qur’a tashlandi. Ko‘pchilik qur’ada eng qiyin taqvim aynan «Dinamo»ga tushgani haqida gapirmoqda. Bu siz uchun ham kutilmagan hol bo‘ldimi?
— Yo‘q, so‘nggi paytlarda qur’a tashlanganda hech narsa meni hayratlantirmay qo‘ygan. Bizga 13 yoki 14-sharcha tushishini oldidan taxmin qilgandim. Bu men uchun hayratlanarli emas. Bir tomondan, farqi nima, baribir taqvim bo‘yicha hamma jamoa bilan o‘ynab chiqish kerak, deymiz. Ammo bu yerda ketma-ket uch o‘yinni yuqori o‘rinlarga da’vogar jamoalarga qarshi boshlash qanday oqibatlarni keltirishi ahamiyatga ega. Aytaylik, mavsum startidan 2-3 tur o‘tib, bunday raqiblar bilan uchrashsak, bu boshqa masala edi, ammo startdayoq uchrashish, natijalarga ta’sir etmay qo‘ymasligi mumkin. Kuchli raqiblarga qarshi ketma-ket uch o‘yinda kurashish uchun ma’lum darajadagi jangovar tarkibga ega bo‘lish talab etiladi. Ya’ni, jarohatsiz va boshqa muammolarsiz.

Umuman olganda, qur’ada Berger tizimi bilan kim tanish bo‘lsa, ular uchun hamma narsa tushunarli. Qur’ada bunday raqiblar tasodifan tushadi, jarayon shaffofligi va uni o‘tkazayotganlar barchasini haqqoniy qilishlariga shubham yo‘q. «Dinamo»ga ham ilk turlardanoq bunday taqvim tushishi tasodif. Ammo qur’a jarayoniga klublar vakillari chaqirilmasligi hayron qoldiradi. Odatda, xorijdagi qur’a jarayonlarini kuzatganimizda, klub vakillari chaqirilganini ko‘ramiz. Shu bois yanada shaffof bo‘lishi uchun qur’a jarayonlarida klublardan vakillarni chaqirishlarini istardim.

— «Dinamo» mavsum startini Samarqanddagi uy maydonida emas, Jizzaxda o‘tkazadi...
— Futbol – eng avvalo muxlislar uchun. Jamoani elitaga qaytardik, Samarqandda Superliga o‘yinlarini sog‘inishgan, mavsum startini ular katta bayram sifatida kutishadi, ammo hozircha o‘z maydonimizda o‘ynay olmaymiz. Umuman olganda, maydonimizdagi yaxshi chim olib tashlangani meni hayron qoldirdi. Chunki maydonimizdagi yangi chim qanday bo‘ladi, hali bilmayman. Mavsum startidan ko‘p o‘tmay, maydon tayyor bo‘lishini aytishgan. Umuman olganda, bu borada menda savollar ko‘p. Sug‘orish tizimi bo‘lishi kerak, deyishdi. Xo‘p mayli, ammo nega yaxshi turgan chimni to‘liq olib tashlashdi, ochig‘i tushunmayman. Umid qilamanki, yangi maydonimiz imkonqadar tezroq tayyor bo‘ladi va biz minglab muxlislarimiz qarshisida, ularni qo‘llab-quvvatlashlarini his qilgan holda o‘ynaymiz.

Manba: fcdinamo.uz
Kiritildi: 15:15, 07.02.2024.
O'qildi: 1594 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.