Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Abduvohid G‘ulomov: «Mavsumni g‘alaba bilan boshlash uchun bor kuchimizni sarflaymiz»

Abduvohid G‘ulomov: «Mavsumni g‘alaba bilan boshlash uchun bor kuchimizni sarflaymiz»

Baho:
+ | -

Bilasiz, «Andijon» klubi ham yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyaning Antaliya shahrida qizg‘in ravishda davom ettiryapti. Jamoadagi barcha futbolchilar yuqori kayfiyatda mashg‘ulotlarda qatnashishyapti. Bunday mehnat bilan jamoa a’zolari albatta chempionatda o‘z muxlislarini xursand qila oladi.

O‘tkazilayotgan nazorat o‘yinlari ham «Andijon»ga ijobiy ta’sirini ko‘rsatishi tabiiy. Chunki futbolchilar o‘yinlar orqali yanada tajriba to‘plab borishyapti. Jamoaning iqtidorli futbolchilaridan biri, himoyachi Abduvohid G‘ulomovdan bu safar ham umid katta. U jamoadoshlari singari mashg‘ulotlarda astoydil ter to‘kyapti va qattiq mehnat qilyapti.

Darvoqe, yaqinda yangi mavsum uchun qur’a ham tashlandi. Unga ko‘ra, «Andijon» safarda OKMK bilan o‘ynaydigan bo‘ldi. Bu ham o‘ziga yarasha qiziqarli to‘qnashuv bo‘ladi. Jamoamizning iqtidorli futbolchilaridan biri, himoyachi Abduvohid G‘ulomov o‘rtoqlik uchrashuvlari, qur’a va Antaliya yig‘ini xususida fikrlarini bildirdi.

«Yomon o‘yin namoyish etmadik»

“O‘yinlarimiz haqida taassurotlarim yaxshi. Avvalo, «Selimbar»ga qarshi uchrashuv to‘g‘risida to‘xtalsam, biz o‘yindan avval raqib haqida ma’lumotga ega emasdik. Shu sababdan ham o‘yin natijasiga ta’sir qildi, deb o‘ylayman. Ammo yomon o‘yin namoyish etmadik. Vaziyatlar yarata oldik. Biroq ularni golga aylantira olmadik va durang bilan tugadi”.

«Kuchli raqibga qarshi maydonga tushdik»

“Ikkinchi o‘yinda Gruziyaning «Saburtalo» jamoasi bilan o‘ynadik. Biz kuchli raqibga qarshi maydonga tushdik. Gol urdik. Lekin g‘alabani saqlab qola olmadik. O‘ylaymanki, hozirgi jarayonda natijaning ahamiyati katta emas. Asosiysi, jamoa o‘yinini shakllantirib, uni kuchaytirishda. Biz shunga harakat qilyapmiz”.

«Yig‘in a’lo darajada o‘tyapti»

«Antaliya yig‘inimiz a’lo dajada o‘tyapti. Tayyorgarligimiz juda yaxshi va ahamiyatli bo‘lyapti. Yoqimli tarafi kuchli raqiblar bilan o‘yinlar o‘tkazyapmiz. Bu bizga albatta ijobiy tomondan asqotishi aniq».

«Mavsumni g‘alaba bilan boshlash uchun bor kuchimizni sarflaymiz»

«Superliga qur’asiga kelsak, birinchi uchrashuvni safarda o‘tkazadigan bo‘ldik. Baribir mavsum mobaynida hamma raqiblar bilan o‘ynab chiqishimiz kerak. Shu boisdan men uchun katta ahamiyatga ega emas. Xudo xohlasa, mavsum davomida g‘alabalarimiz bilan muxlislarimizni xursand qilamiz. Albatta, chempionatni uch ochko bilan boshlash uchun bor kuchimizni sarflaymiz va maqsadimizga erishishga harakat qilamiz».

«Xohish va ishtiyoqsiz hech nimaga erishib bo‘lmaydi».

«Jamoadagi barcha yigitlarning kayfiyati a’lo darajada. Xohish va ishtiyoqsiz hech nimaga erishib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham bizda ishtiyoq yuqori darajada».

«Andijon» matbuot xizmati.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 20:32, 07.02.2024.
O'qildi: 894 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.