Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Fotih Terim: «Yildiz Turkiya uchun umid chirog‘idir»

Fotih Terim: «Yildiz Turkiya uchun umid chirog‘idir»

Baho:
+ | -

«Fiorentina» va «Milan» klublari hamda Turkiya milliy jamoa­si sobiq bosh murabbiyi Fotih Terim Italiya «A» seriyasi joriy mavsumining eng katta o‘yinlaridan biri «Inter» - «Yuventus» (23-tur) qarama-qarshiligi arafasida La Gazzetta dello Sport nash­riga ixcham intervyu berdi.

«Imperator» laqabi bilan tanilgan turk mutaxassisi unda o‘yin natijasini hal qilishga qodir futbolchilar haqida fikr yuritdi. O‘z o‘rnida ma’lumot: sentyabr oyida 70 yoshga to‘lgan Fotih Terimda murabbiylik layoqati hali so‘nmagan. Har holda, u yaqindagina Gresiya grandi - «Panatinaikos» boshqaruvini qo‘lga oldi.

- Hamyurtingiz Yildiz atigi 18 yoshda, lekin dekabr oxirida katta futbolga bor go‘zal harakatlari bilan kirib keldi. Uning shiddati sizni ajablantirmayaptimi?

- Ha, juda hayratdaman, shuning barobarida o‘zgacha g‘ururlanyapman. Futbolga befarq qaramaydigan barcha turkiyaliklar qatori mamlakatimiz milliy jamoasi uchun gol urishni qoyillatadigan yangi yulduz porlab chiqayotganidan umidvorman. Asosiysi, Kenan katta iste’dod ekanligini isbotlayapti va shu sur’atda davom etsa, kelajagi porloq bo‘ladi, menimcha.

- Aytingchi, Yildizning qaysi fazilati ko‘proq hayratga solmoqda?

- Yigitcha nozik texnik salohiyati bilan ajralib turibdi. Deylik, to‘p bilan juda yaxshi ishlaydi. Ayniqsa, to‘pni raqib darvozasi tomon yurish chog‘i qabul qilsa, juda xavfli ko‘rinadi. Bundan tashqari, Yildiz ajoyib tana tuzilishiga ega. Ishoning, u yosh bolaga o‘xshamaydi aslo. Vaholanki, atigi 18 yoshda. Lekin har tomonlama takomillashish yo‘lida hali ko‘p ishlashi talab etiladi. «Yuventus» safiga qo‘shilishning o‘zi katta yutuq hisoblanadi. Axir gap nafaqat buyuk jamoa, balki butun boshli maktab haqida ketmoqda. Yana bir tomoni, Kenan hozir Allegridek jahon darajasidagi murabbiy boshqaruvida to‘p surmoqda.

- Aytishlaricha, Allegri yosh futbolchiga nisbatan «bir qo‘lda qamchi, ikkinchisida qand bilan» qabilida munosabatda bo‘lmoqda...

- Tushuning, ko‘plab iste’dodlar va chempionlar bilan ishlagan top-murabbiy haqida gapiryapmiz. Allegridek mutaxassis qo‘liga tushgani - Yildizning omadi. To‘g‘ri, Massimiliano o‘z navbatida Kenandek «marvarid»ga ega bo‘ldi.

- Kenan hozirgacha 3ta gol urdi va har birini afsonaviy Del Pyero kabi tilini chiqargancha nishonladi. Muxlislar esa 10-raqamning munosib vorisi o‘rtaga chiqayotganidan umidvorlar.

- Yildizdan «yangi Del Pyero» maqomini oqlashini kutamiz, albatta. Alessan­droga hamisha ham chempion, ham inson sifatida katta hurmat bilan qarayman. O‘ylaymanki, Kenanda o‘z kumiri - Del Pyeroga xos nimalardir bor. Lekin Yildiz chap qanotdan dribling orqali markazga siljishi bilan «Siti»dagi Grilishni ko‘proq eslatayotgani ham bor gap.

- «Yuventus» marvaridi yakshanba kuni, «Italiya derbisi»da debyut qiladi qaynoq «San Siro»da. Boz ustiga, «Inter» klubi hamda Turkiya milliy jamoasi yetakchisi Chalxanogluga qarshi...

- Bu qadrdon do‘stim Montella uchun ajoyib voqelik. Fursatdan foydalanib, unga va milliy jamoamizga Yevro-2024da omad tilayman.

- Chalxanoglu terma jamoada 2013 yili aynan sizning qo‘l ostingizda debyut qilgan va o‘shanda hujumkor yarim himoyachi rolini bajargandi. Hozir esa hujum tashkil etish va o‘yinni nazorat qilish bilan shug‘ullanmoqda. Bunga nima deysiz?

- Simone Inzagi qaroriga hurmat bilan yondashaman, unda shunchaki, ajoyib sezgi bor. Hoqonga kelsak, har doim hujumkorlikka moyilligini namoyish etardi. Mana, hozir yanada yetuk va yaxlit ijrochi - jamoaning chin yetakchisiga aylandi.

- Chalxanogluni «A» seriyaning eng yaxshi yarim himoyachisi sifatida ta’riflash mumkinmi?

- Albatta, ha. Axir u aqlli, jamoani to‘g‘ri harakatga soladi, effektli uzatmalar berish barobarida o‘zi ham gol uradi. Umuman, Hoqon bugun butun Yevropadagi eng yaxshi pleymeykerlardan biridir. Bundan tashqari, unda yana bir ustun jihati bor...

- ... Xo‘sh, nima?

- Chalxanoglu o‘yinini har kuni qanday yaxshilashni biladi.

- «Italiya derbisi»ga taxminingiz qanday?

- Umid qilamanki, o‘yinda Yildiz va Chalxanoglu gol urishadi. Bu Turkiya uchun ajoyib sovg‘a bo‘lardi.

- Skudetto uchun kurashda qaysi klubni favoritdek ko‘ryapsiz?

- «Inter» va «Yuventus» bu masalada bir-biriga yetarlicha yaqin. Menimcha, kurash may oyigacha davom etadi. Afsuski, «Milan» ikkisidan biroz ortda qolmoqda. Shunga qaramay, «Milan» har doim «Milan» bo‘lib qoladi. Umuman, «Milan» va «Fiorentina» - yuragim tubidan joy olgan ikki klub.

 M.PO‘LATOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:44, 08.02.2024.
O'qildi: 1241 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.