“Manchester Siti” ayollar klubining hujumchisi Xli Kelli faoliyatini Fransiyada davom ettirishi mumkin.
Daily Mail xabariga ko‘ra, 26 yoshli futbolchining xizmatlariga "PSJ" klubi qiziqish bildirmoqda. Nashrning yozishicha, agar u parijliklar safiga o‘tsa, Kelli ayollar futbolida eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi.
Kelli 2020 yilda "Manchester Siti" safiga qo‘shilgan. Ilgari u "Everton"da o‘ynagan.