Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 00:00 Niderlandiya 2-1 Turkiya
07/07 03:00 Kolumbiya 5-0 Panama
07/07 06:00 Urugvay 0-0 Braziliya

Tedesko: "Qur’adan mamnunman"

Tedesko: "Qur’adan mamnunman"

Baho:
+ | -

Belgiya terma jamoasi bosh murabbiyi Domeniko Tedesko Millatlar ligasiga qur’a tashlash natijalariga baho berdi.

“Yomon yoki yaxshi juftliklarmi? Bu faqat sizning taxminlaringizga bog‘liq. Shaxsan men  qur’adan mamnunman.

Bu turnirda har doim kuchli raqiblar bo‘ladi va biz buni bilardik. Bizda Yevro-2024 dan keyin eng yaxshi jamoalarga qarshi o‘ynash uchun yaxshi imkoniyat bo‘ladi.

Maqsadimiz raqib kim bo‘lishidan qat’i nazar, g‘alaba qozonish. Fransiya terma jamoasi juda kuchli, bu jamoada, hattoki, zaxira o‘rindig‘ida ham yaxshi o‘yinchilar ko‘p.

Italiyaga kelsak, bu jamoa bilan bo‘lajak o‘yinlardan xursandman, chunki u yerda mening oilam yashaydi. Bu men uchun alohida narsa", - deya Tedeskoning so‘zlarini keltiradi Football Italia.

Eslatib o‘tamiz, Belgiya terma jamoasi Millatlar ligasining 2024/2025 yilgi mavsumida Fransiya, Italiya va Isroil terma jamoalari bilan bir guruhdan joy oladi.

Kiritildi: 16:21, 09.02.2024.
O'qildi: 676 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.