Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Barselona" yangi Yaya Ture topishga qaror qilgan

"Barselona" yangi Yaya Ture topishga qaror qilgan

Baho:
+ | -

"Barselona" tayanch yarim himoyachi pozisiyasini kuchaytiruvchi nomzodlarni qidirishda davom etmoqda.

"Blaugrana" o‘tgan yozda ketgan Serxio Busketsning o‘rnini to‘liq yopa olishmadi. Sport direktori Deku yaqinda Oriol Romeu va Ilkay Gyundogan bilan shartnoma imzolaganiga qaramay, jamoa sobiq sardorini yo‘qotishdan katta zarar ko‘rganini tan oldi. Sport xabariga ko‘ra, "Barselona" kelasi yozda yana o‘ziga munosib tayanch yarim himoyachisini sotib olishga harakat qiladi. Klub o‘yin uslubida Yaya Turega o‘xshash futbolchi topmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, ivuarlik yarim himoyachi 2007 yildan 2010 yilgacha kataloniyaliklar safida to‘p surgan, shundan so‘ng “Manchester Siti”ga sotib yuborilgandi.

Kiritildi: 08:48, 10.02.2024.
O'qildi: 3687 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик