Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli 2-3 Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche
13/05 00:30 Osasuna - Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas

APL. Xoland o‘z dubli orqali «Manchester Siti»ga «Everton» ustidan g‘alaba taqdim etdi

APL. Xoland o‘z dubli orqali «Manchester Siti»ga «Everton» ustidan g‘alaba taqdim etdi

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasining 24-tur o‘yinlarini ochib bergan bahsda "Manchester Siti" "Everton" bilan to‘qnash keldi. Bahs "Etihad" stadionida bo‘lib o‘tdi.

O‘yinning birinchi bo‘limida hisob ochilmadi - 0:0.

Uchrashuv tizginini o‘zgartirish maqsadida Gvardiola ikkinchi bo‘lim boshida Kevin De Bryuyne va Kayl Uokerni maydonga tashladi. O‘zgarishlardan so‘ng "shaharliklar" hujumi ancha faollashdi. 71-daqiqaga kelib burchakdan uzatib berilgan to‘p pala-partishliklardan so‘ng Xolandga borib tushdi, norvegiyalik forvard esa kuchli zarbasi bilan o‘yinda hisobni ochdi. 85-daqiqada yana o‘sha Erling oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Bu safar tezkor qarshi hujum natijasida Xoland De Bryuynening superuzatmasidan unumli foydalanib farqni kattalashtirdi. O‘yin yakuniga qadar boshqa hisob o‘zgarmadi - 2:0.

Manchester Siti – Everton 2:0
10 fevral, 17.30, «Etihad Stedium»
Gollar: 1:0 – 71 Xoland, 2:0 – 85 Xoland.
Manchester Siti – Ederson, Stounz, Ake, Ruben Diash, Akandji (Uoker, 57), Foden, Rodri, Mateush Nunesh (de Bryuyne, 57), Xoland, Alvares (Bernardu Silva, 77), Doku (Grilish, 87).
Everton – Pikford, Godfri (Koulmen, 56), Tarkovski, Brentueyt, Mikolenko, Yang (Onana, 78), Guye (Shermiti, 89), Xarrison, Garner, Maknil (Dobbin, 88), Kelvert-Lyuin (Betu, 77).
Ogohlantirishlar: Guye (54), Garner (90).

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 19:38, 10.02.2024.
O'qildi: 1705 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик