Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/03 01:00 Tottenhem 1-3 Kristal Pelas
06/03 19:00 Bunyodkor 1-2 Dinamo
06/03 19:15 So‘g‘diyona 0-2 Nasaf
06/03 19:30 Xorazm 1-0 OKMK
07/03 00:45 Napoli 2-1 Torino
07/03 01:00 Selta 1-2 Real Madrid
07/03 18:00 Osasuna - Malyorka
07/03 19:00 Kalyari - Komo
07/03 20:15 Levante - Jirona
07/03 22:00 Atalanta - Udineze
07/03 22:30 Atletiko - Real Sosyedad
08/03 00:45 Yuventus - Piza
08/03 01:00 Atletik Bilbao - Barselona
08/03 16:30 Lechche - Cremonese
08/03 18:00 Vilyarreal - Elche
08/03 19:00 Bolonya - Verona
08/03 19:00 Fiorentina - Parma
08/03 20:15 Xetafe - Betis
08/03 22:00 Jenoa - Roma
08/03 22:30 Sevilya - Rayo Valyekano

Og‘ir atletika. Sakkizta jahon rekordi o‘rnatilgan Osiyo chempionatida terma jamoamiz ikki yo‘nalishda qit’ada tengsiz bo‘ldi

Og‘ir atletika. Sakkizta jahon rekordi o‘rnatilgan Osiyo chempionatida terma jamoamiz ikki yo‘nalishda qit’ada tengsiz bo‘ldi

Baho:
+ | -

Toshkent mezbonlik qilgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionati sarhisob qilindi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi umumiy ochkolar klassifikasiyasida, shuningdek, erkaklar terma jamoamiz ochkolar borasida eng yaxshi deb topildi.

Musobaqa sarhisobiga bag‘ishlangan marosimda Xalqaro og‘ir atletika federasiyasi (IWF) prezidenti Muhammad Jalud, O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov, Sport vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston og‘ir atletika federasiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etishdi.

3-10 fevral kunlari o‘tgan qit’a birinchiligida Osiyoning eng kuchli jamoalari g‘oliblik uchun kurash olib borishdi. Yakunda O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari jami 8 ta oltin, 12 ta kumush va 5 ta bronza medallarini jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Shulardan 7 ta oltin, 7 ta kumush va 1 ta bronza yigitlarimiz ulushiga to‘g‘ri kelsa, qizlarimiz 1 ta oltin, 5 ta kumush va 4 ta bronza medallariga ega chiqishgan. Quyida ochkolar va medallar bo‘yicha kuchli uchlikka kirgan jamoalarni ko‘rsatib o‘tamiz:

Umumiy ochkolar klassifikasiyasi:
1. O‘zbekiston
2. Janubiy Koreya
3. Xitoy Taipeyi

Ochkolar bo‘yicha erkaklar jamoalari:
1. O‘zbekiston
2. Janubiy Koreya
3. Xitoy Taipeyi

Ochkolar bo‘yicha ayollar jamoalari:
1. Janubiy Koreya
2. O‘zbekiston
3. Xitoy Taipeyi

Umumiy medallar bo‘yicha:
1. KXDR – 32 ta oltin, 1 ta kumush
2. Janubiy Koreya – 12 ta oltin, 5 ta kumush, 10 ta bronza
3. O‘zbekiston – 8 ta oltin, 12 ta kumush, 5 ta bronza

Medallar bo‘yicha erkaklar terma jamoalari:
1. KXDR – 11 ta oltin, 1 ta kumush
2. O‘zbekiston – 7 ta oltin, 7 ta kumush, 1 ta bronza
3. Janubiy Koreya – 4 ta oltin, 1 ta kumush, 2 ta bronza

Medallar bo‘yicha ayollar terma jamoalari:
1. KXDR – 21 ta oltin
2. Janubiy Koreya – 8 ta oltin, 4 ta kumush, 8 ta bronza
3. O‘zbekiston – 1 ta oltin, 5 ta kumush, 4 ta bronza

Osiyo rekordlari: 9 ta;
Jahon rekordlari: 8 ta.

Eng yaxshi erkak sportchi: Ervin Rahmat (Indoneziya)
Eng yaxshi ayol sportchi: Song Gum Ri (KXDR).

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 14:24, 11.02.2024.
O'qildi: 4462 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.