Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Xomyakov: "Xebay o‘rnini to‘ldiradigan hujumchi olib kelamiz"

Xomyakov: "Xebay o‘rnini to‘ldiradigan hujumchi olib kelamiz"

Baho:
+ | -

“Andijon”ning “Korvinul” hamda “Kanvon” jamoalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlaridan so‘ng jamoa bosh murabbiyi Aleksadn Xomyakov klub matbuot xizmatining bir qator savollariga javob berdi.

-Aleksandr Andreevich, Antaliyadagi so‘nggi nazorat uchrashuvi ham o‘tkazildi. Taassurotlaringiz qanday?

-Birinchi o‘yin haqida gapiradigan bo‘lsam, bog‘liqlik umuman bo‘lmadi. Boshqa tomondan qaraganda, birinchi o‘yinda yetarli vaziyatlar yaratdik, lekin yana yakuniga yetkaza olmadik. Raqibda esa aksincha, ularni har bir zarbasi darvozadan joy oldi. Shuning uchun aytaman: bugun bizni kunimiz bo‘lmadi. Ikkinchi o‘yin haqida gapirsam, yaxshi raqib ekan. 70 daqiqa tengma-teng kurash bo‘ldi. Ko‘proq vaqtimizni asosan himoyada o‘tkazdik va qarshi hujumlarga o‘tishga harakat qildik. O‘yindan qoniqdim. Futbolchilarga barakalla deyman. Ishlashda davom etamiz, bu yerdagi yig‘inimizni yakunlayapmiz. Lekin hali bizda chempionat boshlanishiga yana ikki hafta vaqt bor. Asosiy tarkibni aniqlashda bir qarorga kelishimiz kerak va zaxira tarkibiga kiradiganlarni ham aniqlab olishimiz lozim. Hammasi reja bo‘yicha ketmoqda.

-“Andijon”ning Antaliyadagi yig‘ini deyarli nihoyalab qoldi. Bir so‘z bilan aytganda, qoniqish hosil qildingizmi?

-Ha, umumiy olganda, albatta qoniqdim. Sifatli maydonlar, munosib raqiblar… Amalga oshira olmayotgan vaziyatlar meni biroz asabiylashtirmoqda. Lekin bu masalani hal qila olamiz. Oxirida kuchaytira oladigan futbolchilarni jalb qilamiz.

-Muxlislarni Rubin Xebayning o‘rnini kim to‘ldirishi qiziqtiryapti. Bu borada qanday reja bor?

-Ha, hujumchi izlayapmiz. Tezroq bir qarorga kelishimiz kerak. Rubin singari yordam bera oladigan futbolchi bilan kelishuv jarayonidamiz. Xebay o‘rnini to‘ldira oladigan hujumchi olib kelamiz.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 05:15, 13.02.2024.
O'qildi: 1926 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.