Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

"Bavariya" Alonso uchun "Liverpul" bilan raqobatlashadi

"Bavariya" Alonso uchun "Liverpul" bilan raqobatlashadi

Baho:
+ | -

"Bavariya" bosh murabbiyi Xabo Alonso uchun kurashda "Liverpul"ning asosiy raqobatchisiga aylanishi mumkin.

Ma’lumki, Alonso mavsum oxirida "Liverpul" murabbiyligini tark etadigan Yurgen Kloppning o‘rniga favorit sanaladi.

Jurnalist Fabrisio Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Alonso "Bavariya"ning ham nishonida turibdi. Myunxenliklar bosh murabbiyi Tomas Tuxel o‘tgan hafta oxirida "Bayer"dan 0:3 hisobida uchralgan mag‘lubiyatdan keyin katta bosim ostida qolgan.

Romanoning so‘zlariga ko‘ra, "Bavariya" rahbarlari har doim o‘zlarining sobiq futbolchisi Alonso haqida yuqori fikrda bo‘lishgan, ammo "Bayer"ning Xabi qo‘l ostidagi ajoyib mavsumi bu qiziqishni oshirgan.

Bundesligada "Bayer"dan 5 ochko ortda qolayotgan "Bavariya" mavsum yakunida Tuxel bilan xayrlashish haqida jiddiy o‘ylamoqda, agar shunday bo‘ladigan bo‘lsa, Myunxen klubi Alonsoni taklif etish masalasini albatta ko‘rib chiqadi.

Romanoning so‘zlariga ko‘ra, Alonso haqiqatdan ham "Liverpul"ning birinchi raqamli nomzodi, ammo "mersisaydliklar" yangi sport direktori borasida bir qarorga kelganidan keyingina aniq qadamlar qo‘yadi.

Kiritildi: 16:25, 13.02.2024.
O'qildi: 1790 marta.
Fikrlar: 9 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик