Chap qanot himoyachisi Markos Alonso "Barselona"ni tark etib, "Atletiko Madrid"ga o‘tishi mumkin. Bu ma’lumotni insayder Jerar Romero xabar bermoqda.
Alonsoning "ko‘k-anorranglilar" bilan tuzilgan shartnomasi 2023/2024 yilgi mavsum oxirigacha amal qiladi. Tomonlar hamkorlikni kengaytirishni rejalashtirmayapti.
E’tiborli tomoni, Alonso bir necha oy o‘ynamadi. Tajribali futbolchining belida muammolar bor.