«Real» prezidenti Florentino Peres agar prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, jamoa bosh murabbiyiga aylanadigan Joze Mourinyoga to‘liq ishonishini va uning muvaffaqiyat qozonishiga ko‘zi yetishini ma’lum qildi.
«Mourinyo bu mavsumda «Real»ga keladi. Men bundan juda hayajondaman, chunki u bizni yana raqobatbardosh jamoaga aylantirgan insondir. U shunday ruhiy poydevor qo‘ygan ediki, bu uning ketishidan keyin bizga Chempionlar Ligasida 6 marta g‘olib chiqish imkonini berdi. Endi biz undan o‘sha raqobatbardoshlik ruhini yana qaytarishini xohlaymiz. Agar Mourinyu biror bir yulduz futbolchini zaxira o‘rindig‘iga o‘tqazib qo‘ysa, bu murabbiyning shaxsiy qarori bo‘ladi (va men bunga aralashmayman)», — deya Peresning so‘zlarini keltiradi Diario AS nashri.
«Real» prezidenti saylovlari shu yakshanba, 7 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
2025/26 yilgi mavsumda «Real» 86 ochko jamg‘arib, Ispaniya chempionatida ikkinchi o‘rinni egalladi. Turnir g‘olibligini esa 94 ochko bilan «Barselona» qo‘lga kiritdi.













