"Bolonya" bosh murabbiyi Tyago Motta kelajagi haqida yangilik bor-yo‘qligi haqidagi savollarga javob bermadi. Avvalroq unga "Milan" va "Barselona"dan qiziqish borligi haqida xabarlar chiqqandi.
"Bu e’tibordan xursandman, ammo kelajagim haqida hech qanday xabar yo‘q", dedi Motta matbuot anjumanida.
Italiya A Seriyasining navbatdagi, yigirma beshinchi turida "Bolonya" "Lasio" bilan o‘ynaydi, bu 18 fevral, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.