Jazoirlik hujumchi Islom Slimani o‘zining hamyurti Riyod Mahrezga Saudiya Arabistoniga ketishni maslahat berganini aytdi.
Hozir nafaqat «Manchester Siti», balki chempion «Lester»ning ham sobiq futbolchisi «Al-Ahli» safida to‘p tepmoqda.
"Unga ketishni birinchi bo‘lib men maslahat berganman. Uning orqasida ajoyib martaba bor, u allaqachon hamma narsada g‘alaba qozongan.
32 yoshida unga Saudiya Arabistoniga borib, pul ishlash vaqti keldi", deya Slimanining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda pianetamilan.it.