Kirish Ro'yxatdan o'tish

Shaxmat 3-o‘rin uchun o‘yin. Nodirbek Abdusattorov o‘yin so‘ngida g‘alabani qo‘ldan chiqarib qo‘ydi

Shaxmat 3-o‘rin uchun o‘yin. Nodirbek Abdusattorov o‘yin so‘ngida g‘alabani qo‘ldan chiqarib qo‘ydi

Baho:
+ | -

Germaniyada Fisher nomidagi Freestyle Chess G.O.A.T Challenge shaxmat turnirida bugun 3-o‘rin uchun va final o‘yinlari boshlandi.

Nodirbek Abdusattorov 3-o‘rin uchun AQSHlik Levon Aronyanga qarshi oq donalarda o‘ynadi. Hamyurtimiz partiyaning o‘rtalaridan boshlab ustunlikni o‘z tomoniga ola boshladi. Bir qator donalar almashgach, 45-yurishga kelib Nodirbek Ruhli endshpilda ikkita ortiqcha piyodaga ega bo‘ldi. Biroq 46-yurishdagi birgina noaniq harakat tufayli tayyor g‘alaba qo‘ldan chiqdi. Raqib bahsni durang bilan yakunlash yo‘lini topib oldi.

Ushbu shaxmatchilar o‘rtasida ertaga ikkinchi bhas o‘tkaziladi. Unda Abdusattorov qora donalarda o‘ynaydi.

Eslatib o‘tamiz, musobaqada 3-o‘rin egasi 30 ming, 4-o‘rinda qolgan sportchi esa 20 ming dollarni qo‘lga kiritadi.

 Magnus Karlsen va  Fabiano Karuana o‘rtasidagi finalning ilk o‘yinida durang qayd etildi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 21:27, 15.02.2024.
O'qildi: 2053 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик