Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/01 11:00 Afg‘oniston 3-0 Saudiya Arabistoni
28/01 13:00 Yaponiya 6-2 Avstraliya
28/01 15:00 Eron 4-1 Malayziya
28/01 17:00 O‘zbekiston 0-0 Tojikiston
29/01 01:00 Ayaks 1-2 Olimpiakos
29/01 01:00 Arsenal 3-2 Qayrat
29/01 01:00 Monako 0-0 Yuventus
29/01 01:00 Atletik Bilbao 2-3 Sporting
29/01 01:00 Atletiko 1-2 Bude-Glimt
29/01 01:00 Bayer 3-0 Vilyarreal
29/01 01:00 Borussiya D 0-2 Inter
29/01 01:00 Bryugge 3-0 Marsel
29/01 01:00 Ayntraxt F 0-2 Tottenhem
29/01 01:00 Barselona 4-1 Kopengagen
29/01 01:00 Liverpul 6-0 Qorabog‘
29/01 01:00 Manchester Siti 2-0 Galatasaroy
29/01 01:00 Pafos 4-1 Slaviya
29/01 01:00 PSJ 1-1 Nyukasl
29/01 01:00 PSV 1-2 Bavariya
29/01 01:00 Benfika 4-2 Real Madrid
29/01 01:00 Napoli 2-3 Chelsi
29/01 01:00 Yunion 1-0 Atalanta

Futbolchi qizlarimiz tarixiy natija qayd etishga yaqin

Futbolchi qizlarimiz tarixiy natija qayd etishga yaqin

Baho:
+ | -

Futbol mavzusini davom ettiramiz. Kecha Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olgan erkaklar jamoalari haqida gaplashgan edik. Bugun ayollar futbolidagi holat haqida fikr yuritamiz.

Olimpiya o‘yinlarining futbol dasturida erkaklar uchun 16 ta, ayollar uchun esa 12 ta joy ajratilgan. Hozirda ayollar jamoalari orasida 5 ta ishtirokchi davlatning nomi ma’lum. Hali yana 4 ta mintaqada saralash bahslari yakunlangani yo‘q. Fevral oyining yakunida Okeaniya, Osiyo va Yevropa, aprel oyida esa Afrika qit’asidan Olimpiadaga boradigan jamoalar nomi aniqlanadi.

Ayollar futboli dasturida hozirgacha lisenziya sohibi bo‘lib ulgurgan jamoalar:

Mezbon: Fransiya;
Markaziy va Shimoliy Amerika: AQSH va Kanada;
Janubiy Amerika: Braziliya, Kolumbiya;

Parij-2024 yozgi Olimpiya o‘yinlarining ayollar futboli dasturida Osiyo mintaqasi uchun 2 ta o‘rin berilgan. Hozirda bu kvotalar uchun 4 jamoa 2 juftlikka bo‘lingan holda raqobat olib boryapti. Xabaringiz bor, Midori Xonda boshchiligidagi O‘zbekiston ayollar terma jamoasi so‘nggi hal qiluvchi bosqichga yetib kelgan bo‘lib, qizlarimiz 24 va 28 fevral kunlari Avstraliyaga qarshi kechadigan uy-safar tizimidagi 2 o‘yin yakuniga ko‘ra Olimpiada chiptalari masalasini hal qilishga harakat qilishadi. Ikkinchi yo‘llanma uchun Yaponiya va KXDR jamoalari o‘zaro kurash olib boradi.

Hozirda Okeaniya mintaqasi uchun saralash musobaqasi o‘tkazilmoqda. 19 fevral kuni g‘alaba qozongan ushbu hudud jamoasi Parijga yo‘l oladi. Shuningdek, 23-28 fevral Yevropa, 24-28 fevral Osiyo va 1-9 aprel kunlari Afrikada so‘nggi lisenziyalarning egalari hal bo‘ladi.

Bir necha kundan keyin qizlarimiz Avstraliyaga qarshi o‘z faoliyatlaridagi eng muhim 2 o‘yinda maydonga tushishadi. Aprel-may oylarida esa Timur Kapadze boshchiligidagi yigitlarimiz Qatar yashil maydonlarida chempionlik va Parij-2024 yo‘llanmalari uchun bahs olib boradilar. Fursatdan foydalanib, har ikki jamoamizga ham bo‘lajak o‘yinlarda omad tilab, yurtimizga Olimpiya o‘yinlarining lisenziyalari bilan qaytib kelishlarini tilab qolamiz.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 23:50, 15.02.2024.
O'qildi: 5647 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.