"Bavariya" prezidenti Gerbert Xayner jamoaning joriy mavsumdagi sovrinlarni yutish imkoniyatlariga baho berdi.
“Biz bundan xavotirda emasmiz. Chempionlar ligasida hali imkoniyatimiz bor. Hisob 0:1 bo‘lganidan keyin hammasi real edi.
Javob o‘yinida vaziyatni o‘zgartirib, chorak finalga chiqamiz. Muxlislar bizni uyda qo‘llab-quvvatlashadi.
Ularning yordami bilan biz buni amalga oshiramiz. Oldinda Bundesligada hali ko‘p turlar bor. Biz chempionlikka so‘nggi daqiqalargacha ishonamiz", - deydi klub rahbari.