Kirish Ro'yxatdan o'tish
20/08 19:00 Bunyodkor 0-1 Qo‘qon-1912
20/08 20:00 Xorazm 1-3 Lokomotiv
21/08 19:00 Navbahor - Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor - Surxon

Dzyudo. Diyora Keldiyorova — 5 karra «katta dubulg‘a» turniri g‘olibi!

Dzyudo. Diyora Keldiyorova — 5 karra «katta dubulg‘a» turniri g‘olibi!

Baho:
+ | -

Boku «Katta dubulg‘a» musobaqasining birinchi kuni O‘zbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. -52 kg vazn toifasida ishtirok etgan Diyora Keldiyorova finalda ikki karra Olimpiya o‘yinlari sovrindori italiyalik Odette Jufrida ustidan g‘alaba qozonib, oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Qayd etish joiz, bu Keldiyorovaning «Katta dubulg‘a» musobaqalaridagi beshinchi oltin medali bo‘ldi. Shuningdek, u jahon va Parij-2024 Olimpiada reytingi uchun 1000 ochkoni ham o‘z hisobiga qo‘shib qo‘ymoqda. Yana bir ahamiyatli jihati, ushbu g‘alaba kelasi hafta Keldiyorovani jahon reytingi peshqadamiga aylantiradi.

Shuningdek, dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasiga «Katta dubulg‘a» musobaqasida ikkita broza medalini ham qo‘lga kiritdi. Dastlab -48 kg vazn toifasida o‘tkazilgan 3-o‘rin uchun bahsda hamyurtimiz Halima Qurbonova ispaniyalik Mireya Kamosni mag‘lub etgan bo‘lsa, Doston Ro‘ziyev (-60 kg) gruzin polvoni Timur Nozadze ustidan g‘alabaga erishdi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 21:29, 16.02.2024.
O'qildi: 1992 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик