Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Namangan viloyati hokimi «Navbahor»ga Saudiyadagi o‘yinda omad tiladi

Namangan viloyati hokimi «Navbahor»ga Saudiyadagi o‘yinda omad tiladi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, «Navbahor» Osiyo Chempionlar ligasi nimchorak finali, birinchi uchrashuvi doirasida 15 fevral kuni o‘z maydonida Saudiya Arabistonining “Al-Ittihod” klubini qabul qilib, 0:0 hisobidagi durangga imzo chekkandi.

Saudiyaliklarga qarshi kechadigan javob o‘yini 22 fevral kuni Jidda shahrida o‘tkaziladi. “Lochinlar” mazkur bellashuvga tayyorgarlikni bugundan boshlashdi.

“Navbahor”ning buguni mashg‘ulotiga Namangan viloyati hokimi, viloyat futbol assosiasiyasi prezidenti Shavkatjon Shokirjanovich Abdurazzoqov tashrif buyurib, futbolchilarga 15 fevral kungi ajoyib o‘yin uchun minnatdorchilik bildirib, bo‘lajak uchrashuvda jamoamizga omad yor bo‘lishini tiladi.

- Sport, shu jumladan, futbol mamlakatni tezda jahonga tanitadi, mashhur qiladi. Jiddadagi o‘yinda O‘zbekiston sharafi, sha’ni, bayrog‘ini  munosib tarzda himoya qilib, g‘alaba qozonib, yurtimizga yorug‘ yuz bilan qaytishinglarga tilakdoshman, -  dedi viloyatimiz rahbari.

“Navbahor” PFK matbuot xizmati.

Manba: www.pfcnavbahor.uz
Kiritildi: 23:26, 17.02.2024.
O'qildi: 1211 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик