Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/04 00:00 Alaves 2-2 Osasuna
06/04 15:30 Udineze 0-0 Komo
06/04 18:00 Lechche 0-3 Atalanta
06/04 21:00 Yuventus 2-0 Jenoa
06/04 23:45 Napoli 1-0 Milan
07/04 00:00 Jirona 1-0 Vilyarreal
07/04 17:00 Lokomotiv - Xorazm
07/04 18:00 Mash’al - Bunyodkor
07/04 19:15 Andijon - Navbahor
07/04 23:59 Real Madrid - Bavariya
07/04 23:59 Sporting - Arsenal
08/04 18:00 Qo‘qon-1912 - Nasaf
08/04 19:00 OKMK - Surxon
08/04 20:15 Dinamo - So‘g‘diyona
08/04 23:59 Barselona - Atletiko
08/04 23:59 PSJ - Liverpul

A seriya. «Milan» dramatik o‘yinda «Monsa»ga yutqazdi (videosharh)

A seriya. «Milan» dramatik o‘yinda «Monsa»ga yutqazdi (videosharh)

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 25-turi doirasida «Milan» safarda «Monsa» klubi mehmoni bo‘lib, o‘yin so‘ngida o‘tkazilgan gollar evaziga mag‘lub bo‘ldi.

Mezbonlar uchun birinchi bo‘limning so‘nggi daqiqalari omadli keldi. 45-daqiqada Matteo Pessina penaltidan hisobni ochgan bo‘lsa, qo‘shib berilgan 6-daqiqada Dani Mota farqni oshirdi.

Uchrashuvning 52-daqiqasida esa raqib futbolchisi yuziga urgani uchun milanliklar forvardi Luka Yovich VAR yordamida maydondan chetlatildi.

64-daqiqada «rossoneri» hujumchisi Olivye Jiru jamoasining ilk golini urgan bo‘lsa, 88-daqiqada Kristian Pulishich hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.

Biroq "Monsa" g‘alabani ilib ketdi. 90-daqiqada Uorren Bondo, 90+5-daqiqada esa Lorenso Kolombo gol urib, yakuniy hisobni o‘rnatdi — 4:2.

«Milan» g‘alaba qozonsa, jadvalda 2-o‘ringa ko‘tarilib olishi mumkin edi. Ammo jamoa «Yuventus»ning ochko yo‘qotishidan foydalana olmadi.

Italiya A seriyasi, 25-tur
Monsa – Milan 4:2 (2:0, 2:2)
Gollar: 1:0 – 45, penalti Pessina, 2:0 – 45 Mota, 2:1 – 64 Jiru, 2:2 – 88 Pulishich, 3:2 – 90 Bondo, 4:2 – 90+5 Kolombo.
Monsa – Di Gregorio (Sorrentino, 43), Birindelli, Mari, Isso, Karboni, Galyardini, Pessina, Kolpani (Pedru Pereyra, 81), Karboni (Bondo, 66), Jurich (Kolombo, 66), Mota (Maldini, 81).
Milan – Menyan, Florensi (Musa, 83), Gabbiya, Tiav, Ernandes, Loftus-CHik, Bennaser (Jiru, 54), Adli (Reynders, 46), Chukvueze (Pulishich, 46), Okafor (Rafael Leau, 46), Yovich.
Ogohlantirishlar: Jurich (33), Pessina (45), Palladino (51), Mota (76), Bondo (76), Gabbiya (83).
Chetlatish: Luka Yovich (52).

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:27, 19.02.2024.
O'qildi: 1844 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик