Kirish Ro'yxatdan o'tish
25/04 00:00 Sanderlend 0-5 Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis 1-1 Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem 1-0 Aston Villa
25/04 17:00 Alaves 2-1 Malyorka
25/04 18:00 Parma 1-0 Piza
25/04 19:00 Liverpul 3-1 Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem 2-1 Everton
25/04 19:00 Vulverhempton 0-1 Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe 0-2 Barselona
25/04 21:00 Bolonya 0-2 Roma
25/04 21:30 Arsenal 1-0 Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya 2-1 Jirona
25/04 23:45 Verona 0-0 Lechche
26/04 00:00 Atletiko 3-2 Atletik Bilbao
26/04 15:30 Fiorentina - Sassuolo
26/04 17:00 Rayo Valyekano - Real Sosyedad
26/04 18:00 Jenoa - Komo
26/04 19:15 Real Ovyedo - Elche
26/04 21:00 Torino - Inter
26/04 21:30 Osasuna - Sevilya
26/04 23:45 Milan - Yuventus
27/04 00:00 Vilyarreal - Selta
27/04 21:30 Kalyari - Atalanta
27/04 23:45 Lasio - Udineze
28/04 00:00 Man. Yunayted - Brentford
28/04 00:00 Espanyol - Levante

O‘zPFL komissarlari 2024 yilgi mavsum rejalarini muhokama qildi

O‘zPFL komissarlari 2024 yilgi mavsum rejalarini muhokama qildi

Baho:
+ | -

Liga tomonidan o‘tkaziladigan barcha rasmiy musobaqalarda uchrashuvning tashkiliy masalalariga mas’ul komissarlar faoliyat olib boradi. O‘zPFL komissarlar ro‘yxatini yaqin yillardan e’tiboran Liga, assosiasiya hamda hududiy assosiasiya mutaxassislari orasidan shakllantirib kelmoqda.

2024 yilgi mavsum oldidan komissarlar uchun o‘quv seminari bo‘lib o‘tdi. Unda uchrashuv tashkilotchiligi, reglament bandlariga kiritilgan o‘zgarishlar va uning talablariga qat’iy rioya qilish, o‘yin oldidan, davomida va o‘yindan keyin yuzaga keladigan turli holatlar, shuningdek, dunyoning yetakchi ligalari komissarlari ish faoliyatida yuzaga kelgan qiziqarli jihatlar muhokama etildi.

O‘tgan yildan e’tiboran Liga uchrashuv qaydnomalarini to‘ldirish bo‘yicha MyLeague onlayn platformasini ishga tushirgan edi. Yangi mavsum oldidan mazkur platformaga kiritilgan yangiliklar va qo‘shimcha zamonaviy funksiyalar, uchrashuv boshlang‘ich tarkiblarini hamda o‘yin qaydnomalarini to‘ldirishdagi yangiliklardan komissarlar boxabar etildi.

Seminar yakunida odatdagidek komissar sifatida faoliyat olib borish uchun tavsiya etilgan mutaxassislar reglament va futbol qoidalari asosida tuzilgan test topshirdi. Mazkur test natijasidan kelib chiqqan holda komissarlar mavsum davomida turli toifadagi musobaqalarda faoliyat olib boradi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:39, 20.02.2024.
O'qildi: 1136 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик