Angliyaning "Everton" klubi futbolchisi Idrissa Guye argentinalik hujumchi Lionel Messi bilan bog‘liq ajoyib voqeani esladi.
Futbolchilar Fransiyaning “PSJ” klubida birga o‘ynashgan. "Bu men uchun juda qiyin edi, chunki biz tez-tez mag‘lub bo‘lardik va u shunday dedi:
"Uka, ko‘rdingmi, "Everton" yutqazmoqda va yaxshi o‘ynamayapti. Lekin bu kulgili bo‘ldi", - deya yarim himoyachining so‘zlarini keltiradi Mirror.
Idrissa shuningdek, germaniyalik vinger Yulian Drakslerni «Liverpul» klubiga taklif qilganini, biroq u rad javobini berganini aytdi.