"Inter" hujumchisi Lautaro Martinesning agenti Alexandro Kamano futbolchining kelajagi haqida fikr bildirdi.
"Bugun aytishim mumkinki, Lautaro faqat "Inter" haqida o‘ylaydi. Uning amaldagi shartnomasida yana ikki yil bor. U juda fidoyi. U jamoa sardori hisoblanadi. Lautaro hozir kelajakda nima bo‘lishi haqida o‘ylamayapti" - dedi Kamano AS nashriga.
Avvalroq matbuotda 26 yoshli Lautaro Martinesga "PSJ" qiziqish bildirayotgani haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi.