Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/02 00:45 Parma 1-4 Yuventus
02/02 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Real Sosyedad
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya - Milan

"Jirona" futbolchisi yozda "Manchester Siti" tarkibiga qo‘shiladi

"Jirona" futbolchisi yozda "Manchester Siti" tarkibiga qo‘shiladi

Baho:
+ | -

"Jirona"da ijara asosida o‘ynayotgan "Trua" vingeri Savio yozgi transferlar oynasi boshida rasman "Manchester Siti" futbolchisiga aylanadi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manba bergan xabarga ko‘ra, 19 yoshli hujumkor futbolchi 1 iyul kuni "shaharliklar" safiga qo‘shiladi. Shundan so‘ng Savio "shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola boshchiligidagi yangi jamoada mavsumoldi mashg‘ulotlarini boshlaydi. "Manchester Siti" futbolchining transferi uchun "Jirona"ga emas, Fransiyaning "Trua" klubiga pul to‘laydi.

Joriy mavsumda Savio “Jirona” safida barcha musobaqalarda 30 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining "Trua" bilan shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portaliga ko‘ra futbolchining taxminiy narxi 30 million yevroni tashkil qiladi.

Kiritildi: 22:44, 20.02.2024.
O'qildi: 2286 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.