Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/05 00:00 Real Sosyedad 2-2 Betis
10/05 15:30 Verona 0-1 Komo
10/05 17:00 Malyorka 1-1 Vilyarreal
10/05 18:00 Byornli 2-2 Aston Villa
10/05 18:00 Nottingem Forest 1-1 Nyukasl
10/05 18:00 Kristal Pelas 2-2 Everton
10/05 18:00 Cremonese 3-0 Piza
10/05 18:00 Fiorentina 0-0 Jenoa
10/05 19:15 Atletik Bilbao 0-1 Valensiya
10/05 20:30 Vest Xem 0-1 Arsenal
10/05 21:00 Parma 2-3 Roma
10/05 21:30 Real Ovyedo 0-0 Xetafe
10/05 23:45 Milan 2-3 Atalanta
11/05 00:00 Barselona 2-0 Real Madrid
11/05 23:45 Napoli - Bolonya
12/05 00:00 Tottenhem - Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano - Jirona
12/05 22:00 Selta - Levante
12/05 23:00 Betis - Elche

O‘zbekiston futbol assosiasiyasida yangi texnik direktor ish boshladi

O‘zbekiston futbol assosiasiyasida yangi texnik direktor ish boshladi

Baho:
+ | -

Bugun O‘FAda texnik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida FIFA vakillari bilan uchrashuv tashkil etildi. Unda O‘FA prezidenti Abdusalom Azizov, FIFA texnik departamenti bosh mutaxassisi Mishel Sablon, belgiyalik taniqli mutaxassis Gi Kiala hamda mas’ul mutasaddilar ishtirok etdi. O‘FA rahbari O‘zbekistonda sportga, xususan, futbolga qiziqish yuqori ekanligini qayd etib, barcha terma jamoalarimiz oldiga yuqori maqsadlar qo‘yilganini ta’kidladi. Bu borada xalqaro tajribaga ega mutaxassislar bilan texnik hamkorlik qilish yurtimiz futbolini Yevropa standartlari asosida shakllantirishga xizmat qilishini e’tirof etdi.

"Avvalo xorijda katta tajriba to‘plagan mutaxassislar bilan hamkorlikni boshlashdan xursandmiz. Futbol — butun xalqimiz sevib tomosha qiladigan sport hisoblanadi. Hurmatli Prezidentimiz futbolga katta e’tibor qaratyapti. Muxlislarimiz ham juda talabchan, ular Osiyo kubogidagi ishtirokimizga tanqidiy munosabat bildirildilar. Ana shu tanqidlardan yetarlicha xulosa chiqarib, Sizlarning yordamingiz bilan mamlakatda futbolni rivojlantirishni maqsad qilganmiz. G‘oya va takliflaringizni amalga oshirish yo‘lida bor imkoniyatimizni ishga solamiz. Eskicha ishlash, loqaydlikka yo‘l qo‘yishga endi haqqimiz yo‘q" - dedi O‘FA rahbari.

FIFA texnik departamenti bosh mutaxassisi Mishel Sablon murabbiylar ta’limi, terma jamoalar, O‘zPFL, akademiyalar faoliyati, bolalar, ommaviy va ayollar futboli, shuningdek, futzal, sport tibbiyoti va ilmiy-tahliliy yo‘nalishlari bo‘yicha yangi loyihalarni tatbiq etish imkoniyatlarini yuqori baholadi.

Belgiyalik mutaxassis Gi Kiala O‘zbekistonda futbolni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini aytib, ishonch uchun minnatdorchilik bildirdi. Shundan so‘ng, o‘zbekiston futbol assosiasiyasi va Gi Kiala o‘rtasida shartnoma imzolandi. O‘FA rahbari oldinda turgan mas’uliyatli vazifalarni bajarishda mutaxassisga barcha sharoitlar taqdim etilishini ma’lum qilib, omad tiladi.

Ma’lumot uchun, o‘FA texnik direktori Gi Kiala OFK va UYEFA Pro lisenziyasiga ega, faoliyati davomida Belgiya, Buyuk Britaniya, BAA va Saudiya Arabistonida ishlagan. Murabbiy, skaut, texnik direktor va instruktor sifatida tajriba to‘plagan.

Kiritildi: 21:11, 21.02.2024.
O'qildi: 2119 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик