Mavsum yakunida “Liverpul”ni tark etadigan germaniyalik mutaxassis Yurgen Klopp yaqin kelajak uchun rejalari haqida bir qarorga keldi.
The Sun gazetasi jurnalistlariga ma’lum bo‘lishicha, murabbiy o‘z faoliyatida tanaffus qilishni rejalashtirmoqda.
U yozda hech qaysi klub yoki terma jamoani qabul qilmoqchi emas.
Klopp "Barselona" va "Bavariya" klublarining qiziqishiga qaramay, bir yil dam olmoqchi.