Kirish Ro'yxatdan o'tish
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano

Germaniya chempionligini kim qo‘lga kiritadi: jamoalarning imkoniyatlarini baholaymiz

Germaniya chempionligini kim qo‘lga kiritadi: jamoalarning imkoniyatlarini baholaymiz

Baho:
+1 | -

Uzoq vaqt davomida birinchi marta Germaniya Bundesligasi chempioni o‘zgarishi mumkin, chunki "Bavariya" oxirgi marta 2011/12 yilgi mavsumda, Yurgen Klopp boshqaruvidagi "Borussiya Dortmund" o‘zining eng yuqori cho‘qqisiga chiqqanida oltinni sovg‘a qilgan edi. Bugun Germaniyadagi jamoalarning imkoniyatini baholashga urunib ko‘ramiz.

"Shtutgart"

“Shtutgart” yangi mavsumni shiddat bilan boshladi, dastlabki sakkizta o‘yinda yettita g‘alaba qozondi, biroq vaqt o‘tishi bilan jamoa barqarorlikni yo‘qotib, yaxshi seriyalarni muntazam mag‘lubiyatlar bilan almashtira boshladi. 22 turdan keyin “Shtutgart” hisobida 46 ochko bor, peshqadam “Bayer” esa 61 ochkoga ega. Shu sababdan, “Shtutgart”ning chempionlikni qo‘lga kiritish imkoniyati illyuziyadek ko‘rinadi, ammo klub, Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritishga qodir.

"Borussiya Dortmund”

Edin Terzich jamoasi o‘tgan mavsumni a’lo darajada o‘tkazdi, ammo oxirgi turda Germaniya chempionati oltin medallaridan mahrum bo‘ldi. “Borussiya” yangi mavsumda yana-da kuchayib borayotgandek tuyuldi, ammo Jud Bellingemni yo‘qotish jamoa o‘yiniga katta ta’sir qildi. Endilikda “bamblar” peshqadam “Bayer”dan 20 ochko ortda qolgan holda to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Terzich yozda "Borussiya"dan chetlatilishi haqida mish-mishlar bor va hozircha bu ma’lumotga ishonmaslik uchun asos yo‘q.

"Bavariya"

"Bavariya"ning gegemonligi o‘tgan mavsumda to‘xtatilishi mumkin edi, ammo Dortmundning "Borussiya"si Bundesliganing so‘nggi turida autsayderga imkoniyatni boy berib, myunxenliklarga chempionlikni taqdim etdi. Hozirgi mavsumda Tomas Tuxel jamoasida nafaqat kadrlar, balki o‘yin bilan bog‘liq muammolar ham ko‘p. "Bavariya" allaqachon barcha turnirlarda ketma-ket uch marta mag‘lub bo‘lgan va bu jamoada anchadan beri sodir bo‘lmagan edi. Bunday natijalardan so‘ng OAVda bir qator futbolchilar Tuxelning bosh murabbiylik faoliyatidan norozi bo‘lgani, futbolchilar esa Tuxel boshqaruvda qolsa, yozda jamoani tark etishga ham tayyor ekani haqida mish-mishlar tarqala boshladi.

“Bayer”

Xabi boshchiligidagi “Bayer” Yevropa futbol mavsumining asosiy kashfiyoti hisoblanadi. Mavsumning katta qismi allaqachon o‘tib ketganiga qaramay, Leverkuzen jamoasi hali ham top ligalarda hech qachon mag‘lub bo‘lmagan yagona jamoa bo‘lib qolmoqda. 10 fevral kuni "Bayer" "Bavariya"ga qarshi o‘yin o‘tkazdi va unda yangi chempion haqidagi deyarli barcha savollar olib tashlandi.

Kiritildi: 13:48, 24.02.2024.
O'qildi: 1658 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.