Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina - Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Braziliya futboli Olimpiadadan chetda...

Braziliya futboli Olimpiadadan chetda...

Baho:
+ | -
Bo'lim: JAHON FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Braziliya termasi Parij-2024 o‘yinlarida ishtirok etmaydi.

Braziliyalik olimpiyachilar KONMEBOL miqyosidagi saralash raundida muvaffaqiyatsizlikka uchrashdi. Hammasi Argentina termasiga qarshi o‘yinda hal bo‘ldi. Aslida bu uchrashuvda braziliyaliklarni durang ham qanoatlantirardi, ammo ular yagona gol tufayli Olimpiada yo‘llanmasini qo‘ldan boy berishdi. Endi bo‘lajak Olimpiada o‘yinlarining erkaklar futboli yo‘lanishida Janubiy Amerika sharafini Argentina va Paragvay U-23 jamoalari himoya qiladi.

Alohida ta’kidlash kerak, Braziliya futboli 20 yildan buyon Olimpiadadan chetda qolmayotgandi. Qolaversa, braziliyalik olimpiyachilar oxirgi 2ta turnirda oltin medal yutishgandi. Parij yo‘lidagi saralash bosqichiga to‘xtalsak, Braziliya U-23 termasi birinchi bosqichda aytarli muammo sezmadi. Ya’ni Pele izdoshlari guruh bos-qichida 3ta g‘alaba va 1ta mag‘lubiyat qayd etishdi: Boliviya - 1:0, Kolumbiya - 2:0, Ekvador - 2:1 va Venesuela - 1:3. Braziliyaliklar shu tariqa hal qiluvchi raundga o‘tishdi. 

Yakunda Braziliya, Paragvay, Argentina va Venesuela termalari 2ta yo‘llanma uchun yana guruh tizimida kurash olib bordi. Bunda Braziliya olimpiya jamoasi avvaliga paragvayliklarga imkoniyatni boy berdi, keyin venesuelaliklardan revansh oldi. 3-turda esa argentinaliklar bilan bo‘lgan hal qiluvchi bahsning 77-daqiqasida gol qo‘yib yuborib, Parij chiptasidan quruq qoldi. Birinchi bosqich o‘yin-larida 2tadan gol va assist qayd etgan Braziliya U-23 termasi superyulduzi Endrik hal qiluvchi pallada o‘zini ko‘rsatolmadi. «Real»ning bo‘lajak vakili jumladan, Paragvay termasiga qarshi o‘yinda biror samarali harakatni amalga oshirolmadi, boz ustiga, o‘ta tig‘iz pallada penaltidan foydalanolmadi.

Hozirga qadar Parij-2024da ishtirok etadigan 16ta jamoadan 12tasi ma’lum: Fransiya, AQSH, Dominikan Respublikasi, Ispaniya, Isroil, Ukraina, Marokash, Misr, Mali, Yangi Zelandiya, Paragvay, Argentina. Aprel oyiga belgilangan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo kubogida yana 3ta yo‘llanma taqdiriga oydinlik kiritiladi. So‘nggi ishtirokchi bilan esa Osiyo va Afrikaning 4-jamoalari o‘rtasida bo‘ladigan qit’alara «pley-off» o‘yinidan so‘ng tanishamiz.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 23:31, 24.02.2024.
O'qildi: 1428 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.