"Manchester Siti" darvozaboni Ederson APLda quruq o‘yinlar soni bo‘yicha klub rekordini o‘rnatdi.
Angliya chempionatining 26-turidan o‘rin olgan "Bornmut"ga qarshi o‘yin (1:0) braziliyalik uchun "shaharliklar" safida 110-marta o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Avvalgi rekord Jo Xartga tegishli edi (109).
Ederson gol o‘tkazib yubormagan o‘yinlar soni bo‘yicha Premyer-liga tarixida 15-o‘rinni egallab turibdi. Rekord “Chelsi” va “Arsenal”ning sobiq darvozaboni Petr Chexga tegishli (202).