Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/05 00:15 Barselona 3-1 Betis
19/05 00:00 Arsenal - Byornli
19/05 23:30 Bornmut - Manchester Siti
20/05 00:15 Chelsi - Tottenhem

"Chelsi"ning sobiq direktori: "Abramovich davrida muhit shafqatsiz, ammo g‘alaba ruhiyati bor edi"

"Chelsi"ning sobiq direktori: "Abramovich davrida muhit shafqatsiz, ammo g‘alaba ruhiyati bor edi"

Baho:
+ | -

"Chelsi"ning sobiq direktori Kristian Purslou "ko‘klar" rossiyalik milliarder Roman Abramovichga tegishli bo‘lgan davrni esladi.

“Roman Abramovich g‘alaba qozonishni yaxshi ko‘rardi, ikkinchi o‘rinni ham, uchinchi o‘rinni ham, Xudo ko‘rsatmasin, to‘rtinchi o‘rinni ham yoqtirmasdi. Agar g‘alaba qozonmasang, safdan chiqib ketishingni klubdagilarning hammasi bilar edi.

Agar men o‘yindan biroz ortda qolganimda, ikki soniya ichida eshikdan chiqib ketardim, chunki uning qo‘l ostida juda ko‘p murabbiylar ishlagan. Hamma ham bu klubni boshqarishning to‘g‘ri yo‘li deb hisoblamaydi, ammo sovrinlar soni hayratlanarli edi", - deb Purslou so‘zlarini keltirmoqda Chelsea News.

Eslatib o‘tamiz, Abramovich sanksiyalar ostida qolgan va shu sababli 2022 yilda “Chelsi”ni sotib yuborgan edi.

Kiritildi: 13:05, 26.02.2024.
O'qildi: 1192 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик