Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta 0-1 Yuventus
12/04 00:00 Sevilya 2-1 Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

U19 chempionati ikki mintaqaga bo‘lib o‘tkaziladi

U19 chempionati ikki mintaqaga bo‘lib o‘tkaziladi

Baho:
+ | -

Joriy mavsum Liga hisob bo‘yicha beshinchi bor U19 chempionatini o‘tkazadi. Mamlakat futboliga bo‘lajak iqtidorlarni yetkazib berayotgan musobaqaga bo‘lgan qiziqish yildan-yilga ortib borayotgani sir emas.

U19 chempionatiga nisbatan qator qarshiliklar bo‘lishiga qaramay, Liga ushbu musobaqani tashkil etish yo‘lida dadil qadam tashladi. Keyinroq e’tirozlar uni mintaqalarga bo‘lib o‘tkazish taklifiga o‘zgartirildi. Bunda klublar U19 jamoasiga pul topa olmayotgani sabab sifatida ko‘rsatildi. Vaholanki, har bir klub qanday kelishuvlar amalga oshirayotgani va ularning xarajatlar smetasi qanday ekani Ligaga ma’lum edi. Shundan kelib chiqib, futbol maktablari masalasi tartibga keltirilguniga qadar, Liga o‘z pozisiyasida qat’iy turdi va yuqoridagi kabi bahonalarga e’tibor qaratmadi. Natijada O‘zbekiston OFK lisenziyalash talabini bajarishda qit’a yetakchilaridan biriga aylandi.   

2024 yilga kelib Liga futbol maktablari va ularning tarbiyalanuvlarini ro‘yxatdan o‘tkazish masalasida navbatdagi qadamni tashladi. Qishki transfer oynasi davomida nafaqat professional futbol klublari qoshidagi futbol maktablari va akademiyalari, balki O‘FA qoshida tashkil etilgan hududiy futbol akademiyalari ham o‘z tarbiyalanuvchilarini Liga ro‘yxatidan o‘tkazdi. Bu bilan yosh futbolchini maktab/akademiyaga qabul qilish va undan chiqarish tizimi to‘g‘ri tizimga tushdi. Endilikda yosh futbolchi uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan mashg‘ulot kompensasiyasi va uning faoliyatini tartibga keltirish masalasi yildan-yilga takomillashib boradi. Biz bir necha yil ichida futbolchi passportini to‘liq elektronlashtirishga erisha olamiz.

Futbol maktablari/akademiyalari masalasi Liga reja qilgan ko‘rinishda tartibga kelgach, endilikda O‘FA qoshidagi hududiy futbol akademiyalarida Birinchi liga ishtirokchisiga aylanish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ya’ni, professional futbol klublari qoshidagi U19 jamoalaridan tashqari, hududiy akademiyalar ham o‘z tarbiyalanuvchilarini o‘ynatishi mumkin bo‘lgan Liga musobaqasi vujudga keldi. Bu esa tabiiyki, yanada ko‘proq iqtidorlarga imkoniyat beradi va seleksiya murakkabliklariga munosib yechim bo‘ladi.

Shu tariqa Liga U19 chempionati jamoasiga geografik nuqtai-nazardan qulaylik berish, bir vaqtning o‘zida professional klubning OFK lisenziyalash talablarini bajarishini qulaylashtirish hamda U19 chempionatidan tushib qolayotgan yoshlarni Birinchi ligaga jalb qilish masalasini tartibga keltirishga erishdi deyish mumkin. Qisqa qilib aytganda, Liga o‘zining to‘rt yillik rejasini bosqichma-bosqich amalga oshirish orqali o‘ziga xos balans hosil qildi.

U19 chempionatining yangicha formati, Birinchi liganing qanday o‘zgarayotgani va bu bilan qanday maqsadlar ko‘zlanayotgani masalasida bosqichma-bosqich ma’lumot berib boriladi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 21:36, 27.02.2024.
O'qildi: 973 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик