Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/03 01:00 Bude-Glimt 3-0 Sporting
12/03 01:00 PSJ 5-2 Chelsi
12/03 01:00 Real Madrid 3-0 Manchester Siti
12/03 19:30 OKMK 2-2 So‘g‘diyona
12/03 20:00 Dinamo 1-1 Nasaf
14/03 00:45 Torino - Parma
14/03 01:00 Alaves - Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya

Husayn Al-Musallam Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlikni yuqori baholadi

Husayn Al-Musallam Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlariga ko‘rilayotgan tayyorgarlikni yuqori baholadi

Baho:
+ | -

Bugun Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) Bosh direktori, Butunjahon suv sporti turlari federasiyasi (World aquatics) prezidenti Husayn Al-Musallam hamda Osiyo velosport konfederasiyasi prezidenti Osama Ash-SHafar poytaxtimizga tashrif buyurishdi. Martabali mehmonlar bilan Toshkent-2025 yoshlar Osiyo o‘yinlariga olib borilayotgan hozirlik mavzusi muhokama qilindi.

Rasmiylarni Sport vaziri Adham Ikramov qarshi oldi. Vazirlik binosida o‘tgan uchrashuvda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov hamda Qo‘mita raisi o‘rinbosari Azizjon Kamilov ham ishtirok etishdi.

Dastavval, Adham Ilhamovich bo‘lajak O‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishda davlat darajasida e’tibor qaratilayotgani, shaxsan Prezidentimiz musobaqa uchun barpo etilayotgan Olimpiya shaharchasining qurilishida bosh-qosh bo‘lib kelayotgani haqida gapirib o‘tdi. Shundan so‘ng musobaqa o‘tkazilishi uchun mo‘ljal olingan sanalar va dasturga kiritilishi ko‘zda tutilgan sport turlari ko‘rib chiqildi. Oybek Kasimov suhbat davomida sport turlari va unga biriktirilgan ob’ektlarni birma bir tanishtirib chiqdi va har bir yo‘nalish alohida tahlil qilindi.

Ahamiyatlisi, Husayn Al-Musallam tayyorgarlik jarayonini yuqori baholadi. Yangi qurilayotgan arenalar Osiyo sportining yosh yulduzlarini kashf etishiga ishonch bildirdi. Shuningdek, OOK Bosh direktori antidoping masalalari, inshootlarni zamonaviy texnikalar bilan jihozlash bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berib o‘tdi.

Rejaga ko‘ra, mehmonlar ertaga Olimpiya shaharchasiga borib, qurilish jarayoni bilan bevosita tanishishadi.

Manba: olympic.uz
Kiritildi: 22:13, 27.02.2024.
O'qildi: 1155 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.