Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/02 00:45 Verona 0-0 Piza
07/02 01:00 Lids 3-1 Nottingem Forest
07/02 01:00 Selta 1-2 Osasuna
07/02 17:00 Indoneziya 5-5 Eron
07/02 17:30 Man. Yunayted 2-0 Tottenhem
07/02 18:00 Rayo Valyekano - Real Ovyedo
07/02 20:00 Bornmut 1-1 Aston Villa
07/02 20:00 Arsenal 3-0 Sanderlend
07/02 20:00 Byornli 0-2 Vest Xem
07/02 20:00 Fulhem 1-2 Everton
07/02 20:00 Vulverhempton 1-3 Chelsi
07/02 20:15 Barselona 3-0 Malyorka
07/02 22:00 Jenoa 2-3 Napoli
07/02 22:30 Nyukasl 2-3 Brentford
08/02 00:45 Fiorentina 2-2 Torino
08/02 01:00 Real Sosyedad 3-1 Elche
08/02 16:30 Bolonya 0-1 Parma
08/02 18:00 Alaves 0-2 Xetafe
08/02 19:00 Lechche 2-1 Udineze
08/02 19:00 Brayton 0-1 Kristal Pelas
08/02 20:15 Sevilya 1-1 Jirona
08/02 20:15 Atletik Bilbao 4-2 Levante
08/02 21:30 Liverpul - Manchester Siti
08/02 22:00 Sassuolo - Inter
08/02 22:30 Atletiko - Betis
09/02 00:45 Yuventus - Lasio
09/02 01:00 Valensiya - Real Madrid
09/02 22:30 Atalanta - Cremonese

OKMK futbol klubi yangi futbolchilarni tanishtirdi

OKMK futbol klubi yangi futbolchilarni tanishtirdi

Baho:
+ | -

Bilasiz, mamlakatimiz klublari har yili mavsum avvalida taqdimot marosimlarini o‘tkazishi va yangi futbolchilarni tanishtirishi an’anaga aylanib ulgurgan.

26 fevral kuni qadrdon jamoamiz, OKMK sport majmuasida yangi mavsum oldidan taqdimotini o‘tkazdi. Unda o‘tgan yillarda jamoamizda yorqin o‘yinlar namoyish etgan futbolchilar va yangi mavsumdan e’tiboran klubimiz tarkibiga kelib qo‘shilgan bir qator mahalliy hamda legioner ijrochilar tanishtirildi.

Tadbir avvalida OKMK futbol klubining Prezidenti Abdulla Xursanov so‘zga chiqib, futbolchilarimizga omad va zafarlar tiladi. So‘ngra, jamoamiz bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bilan birgalikda o‘zbek brendi ostidagi «7SABER» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan OKMK PFKning maxsus formalarini futbolchilarga tantanali ravishda topshirishdi.

OKMK jamoasining eng katta yutug‘i – uni o‘ziga xos fidoyi muxlislari borligidir. Ularning bir qanchasi ushbu tadbirda ishtirok etib, har qanday vaziyatda jamoa bilan birga ekanligini va doimo qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlab o‘tdilar.

Eslatib o‘tamiz, OKMK futbol klubi yangi mavsum oldidan 3 nafar legioner: gruziyalik yarim himoyachi Giorgi Papava, serbiyalik markaziy hujumchi Milyan Shkrbich va yaponiyalik hujumkor yarim himoyachi – Arihiro Sentoku kabi futbolchilar jamoa tarkibiga jalb etildi.

Shuningdek, o‘tgan mavsumda Superliga jamoalarida to‘p tepgan tajribali va yosh iste’dod egalari: Murodjon Toshmatov, Javohir Ilyosov, Avazbek O‘lmasaliyev, Ali Abdurahmonov, Azizbek Xolmurodov, Asadbek Rahimjonov, Azizbek Bahromov, Saidafzalxon Ahrorov va Abrorbek Sarimsoqov hamda Farruxjon Qodirov bilan shartnoma tuzildi.

Manba: @fcokmk
Kiritildi: 22:30, 27.02.2024.
O'qildi: 938 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.