"Manchester Yunayted"ning sobiq darvozaboni, hozirda erkin agent bo‘lgan David de Xea "Barselona"ga o‘tmaydi. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.
Britaniyalik jurnalistlarning ma’lum qilishicha, ispaniyalik darvozabon doimiy o‘yin amaliyotiga muhtoj. U Mark-Andre ter Shtegenning o‘rinbosari bo‘lishni istamaydi. Shu sababli, David "ko‘k-anorranglilar" variantidan voz kechishga qaror qildi.
De Xea o‘tgan yozda erkin agentga aylandi. Avvalroq, ushbu darvozabonga Saudiyaning “An-Nasr” klubi qiziqayotgani ham xabar qilingandi, biroq futbolchi faoliyatini Yevropada davom ettirishni afzal ko‘rmoqda.













