Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/04 00:00 Vest Xem 4-0 Vulverhempton
11/04 00:00 Real Madrid 1-1 Jirona
11/04 16:30 Arsenal 1-2 Bornmut
11/04 17:00 Real Sosyedad 3-3 Alaves
11/04 18:00 Kalyari 1-0 Cremonese
11/04 18:00 Torino 2-1 Verona
11/04 19:00 Brentford 2-2 Everton
11/04 19:00 Byornli 0-2 Brayton
11/04 19:15 Elche 1-0 Valensiya
11/04 21:00 Milan 0-3 Udineze
11/04 21:30 Liverpul 2-0 Fulhem
11/04 21:30 Barselona 4-1 Espanyol
11/04 23:45 Atalanta - Yuventus
12/04 00:00 Sevilya - Atletiko
12/04 15:30 Jenoa - Sassuolo
12/04 16:00 Navbahor - Surxon
12/04 17:00 Dinamo - Lokomotiv
12/04 17:00 Osasuna - Betis
12/04 18:00 Parma - Napoli
12/04 18:00 Kristal Pelas - Nyukasl
12/04 18:00 Nottingem Forest - Aston Villa
12/04 18:00 Sanderlend - Tottenhem
12/04 18:15 Andijon - OKMK
12/04 19:15 Malyorka - Rayo Valyekano
12/04 20:30 Chelsi - Manchester Siti
12/04 21:00 Bolonya - Lechche
12/04 21:30 Selta - Real Ovyedo
12/04 23:45 Komo - Inter
13/04 00:00 Atletik Bilbao - Vilyarreal
13/04 18:00 Nasaf - Buxoro
13/04 19:00 Paxtakor - Mash’al
13/04 20:15 Qizilqum - So‘g‘diyona
13/04 23:45 Fiorentina - Lasio
14/04 00:00 Man. Yunayted - Lids
14/04 00:00 Levante - Xetafe

Nekunam va «Istiqlol» O‘runovga ehtiyoj sezgandi...

Nekunam va «Istiqlol» O‘runovga ehtiyoj sezgandi...

Baho:
+ | -

Eronning «Istiqlol» klubi atrofida hamyurtimiz Oston O‘runov transferi ortidan boshlangan muhokamalar davom etmoqda.

Avvalroq Tehron jamoasi vise-prezidenti Ali Xatir jamoa bosh murabbiyi Javod Nekunam talabi bilan O‘zbekiston milliy jamoasi vingeridan voz kechganligi haqida yozgandik. Biroq Eron termasida yorqin qodirgan Nekunam vise-prezident so‘zlarini inkor etyapti.

Javod Nekunam «Sanat Naft»ga qarshi o‘yindan keyingi matbuot anjumanida Oston O‘runov transferi masalasida yana bir bora izoh berdi:

«O‘runov bizga kerak emasligi haqida gapirganimni isbotlab berishsin. Ayrim shaxslarda o‘sha suhbatimiz audioyozuvi borku, marhamat, ommaga tarqatishsin. Shunda ko‘ramiz, O‘runov kerak emasligi haqida kim gapirganini... Aslida rahbariyatdan O‘runov va eronlik yana ikki futbolchi transferini ko‘p marta so‘raganman. Ayniqsa, o‘zbek futbolchisiga ehtiyoj sezgandim. Ammo klub O‘runov transferi bo‘yicha hech qanday harakatni amalga oshirmadi va u yakunda «Persepolis»ga yo‘l oldi».

Shunda mahalliy jurnalistlardan biri Jaloliddin Masharipov «Istiqlol» safiga qo‘shilganidan so‘ng O‘runov variantidan voz kechilgani haqida savol berdi. «Istiqlol» bosh murabbiyi bu savol javobida ham klub rahbariyatiga «tosh otdi».

«OCHL doirasidagi «Navbahor» - «Nassajiy» o‘yinidan keyinoq O‘runovni sotib olish zarurligini aytgandim. Shunga ham 6 oy bo‘ldi. Mavsum yakunida futbolchining «Navbahor» bilan shartnomasi tugashi va uni o‘z safimizga olishimiz shartligini qayta-qayta ta’kidlanagandim. Ostonning shartnomasi 200 ming dollardan ko‘proqqa tushishidan qat’iy nazar, ushbu futbolchi kerakligini aytganman. Bu borada rasman xat ham yozganman. Masharipov esa safimizga erkin agent maqomida qo‘shildi», - dedi Javod Nekunam.

Eslatma, oldinroq Ali Xatir aynan bosh murabbiyning «Agar O‘runov kelsa, u yoki Masharipov zaxirada o‘tiradi. Nima uchun zaxirachiga pul to‘laysiz? qabilidagi so‘zlaridan keyin Oston bilan shartnoma tuzish variantidan voz kechganini ma’lum qilgandi.

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 08:45, 01.03.2024.
O'qildi: 1771 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик