Madridning “Real” klubi sobiq futbolchisi Tomas Gravesen Zinedin Zidan haqida qiziqarli ma’lumot berdi.
U fransiyalik murabbiy bilan suhbati haqida gapirdi.
«Ikki yil oldin Madridda Zinedin bilan gaplashgandim. Keyin Zidan menga murabbiylik qilishga tayyor bo‘lgan atigi uchta jamoa borligini aytdi.
U «Real», «Marsel» va Fransiya terma jamoasini nomladi», — deya daniyalikning so‘zlarini keltirmoqda Daily Mail.