Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/06 00:00 Germaniya 2-0 Daniya
30/06 05:00 Kanada 0-0 Chili
30/06 05:00 Argentina 2-0 Peru
30/06 20:00 Nasaf 3-2 Navbahor
30/06 20:00 Metallurg 1-4 Olimpik
30/06 21:00 Angliya 2-1 Slovakiya
01/07 00:00 Ispaniya 4-1 Gruziya
01/07 05:00 Yamayka 0-3 Venesuela
01/07 05:00 Meksika 0-0 Ekvador
01/07 19:30 Neftchi - Paxtakor
01/07 21:00 Fransiya - Belgiya
02/07 00:00 Portugaliya - Sloveniya
02/07 06:00 AQSh - Urugvay
02/07 06:00 Boliviya - Panama
02/07 21:00 Ruminiya - Niderlandiya
03/07 00:00 Avstriya - Turkiya

Barqarorlikni kasb qilgan "Inter"

Barqarorlikni kasb qilgan "Inter"

Baho:
+ | -

"Inter" o‘z yo‘lidagi barchani tor-mor qiladi: Simone Indzagi jamoasi barcha musobaqalarda ketma-ket 11 ta o‘yinda g‘alabaga erishdi va bularning hammasi 2024 yilda sodir bo‘ldi!

«Inter» birdaniga uchta musobaqada raqiblarini mag‘lub etdi: Italiya chempionati, Superkubogi va Chempionlar ligasi.

Kubok bahslarida bitta ham gol o‘tkazib yuborilmagan ("Lasio", "Napoli" va "Atletiko"). Hammasi bo‘lib sakkizta "quruq" o‘yin mavjud, shu jumladan oxirgi to‘rtta bahsda klub o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab kelmoqda.

Ushbu segmentda asosiy to‘purar Lautaro Martines bo‘lib to‘qqizta gol urgan.

Argentinalik futbolchi so‘nggi o‘yinlarda klub rekordlarini qayta yozmoqda. Mana so‘nggi ikki o‘yindagi yutuqlar: A Seriyaning ketma-ket uch mavsumida 20+ gol urgan uchinchi futbolchi va ligada 100+ gol urgan «Inter»ning uchinchi chet ellik futbolchisi.

Faqat Lautaro klubda ajralib qolgani yo‘q: Federiko Dimarko chap qanotda "yonmoqda". «Atalanta» darvozasiga urilgan gol italiyalik uchun A Seriya 2023/24 yilgi mavsumidagi (6+4) o‘ninchi ochko bo‘ldi: top-5 ligada himoyachilar orasida faqat «Bayer»dan Aleks Grimaldo va Jeremi Frimpong (8+9 va 7+6) shuningdek, Kiran Tripyer (1+10) undan ko‘proq natijaga erishgan.

Yana bir kutilmagan qahramon 24 yoshli yarim himoyachi Davide Frattezi bo‘lib, u 11 ta o‘yinda 3+2 natija qayd etdi. U asosan o‘rinbosar sifatida keladi, lekin bu rolda ham yaxshi. Aytgancha, italiyalik nafaqat futbol maydonida xavfli: u bo‘sh vaqtida moray baliqlarini ovlaydi va ulardan mazali taomlar pishiradi.

Joker Marko Arnautovichning ham g‘alabalar seriyasida hissasi katta: u unchalik sermahsul emas (yil boshidan beri 1+1), lekin u har doim foydali harakatlarni amalga oshiradi va yaqinda Chempionlar ligasida «Atletiko»ga qarshi bahsda g‘alaba to‘pini kiritdi. Avstriyalik futbolchi «Atalanta»ga qarshi so‘nggi o‘yinni to‘liq tarkibda o‘tkazdi: 2023 yilning dekabridan beri birinchi marta va joriy mavsumda faqat ikkinchi marta bu hodisa sodir bo‘ldi.

Qahramonlar ro‘yxati cheksiz bo‘lishi mumkin - muxlislar bundan xursand.

«Inter»ning aqldan ozdiradigan formasi fonida raqiblar chempionlik uchun kurashni sekin-asta unutishmoqda. Misol uchun, «Milan» bosh murabbiyi Stefano Pioli quyidagi gaplarni aytib o‘tdi: "Masala yopiq, hech bo‘lmaganda menga shunday tuyuladi. Bugungi "Inter" o‘tgan yilgi "Napoli" darajasida".

Simone Indzagining o‘zi esa vazminlik bilan javob beradi: "Jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatayotganini inkor etib bo‘lmaydi va ikki yarim yildan beri shunday qilyapti. Biz beshta sovrinni qo‘lga kiritdik, Chempionlar ligasi finalida o‘ynadik va ichki ligada yaxshi peshqadamlik qilyapmiz. Bilamizki, yanvar oyida biz "Yuventus"dan ustun edik. Biz bir oy ichida farqni kengaytirdik, ammo o‘sha vaqt ichida yana farq yo‘qolishi mumkin.

Fevral oyi natijalariga ko‘ra dunyoning eng yaxshi klublari reytingida milanliklarni ham tilga oldik. Indzagi jamoasi eng yuqori maqtovga loyiq.

"Inter" oldindan aytib bo‘lmaydigan narsani odatiy holga aylantirdi va odatdagi me’zon chegaralarini xiralashtirdi. Avval milanliklarni haddan tashqari sxematiklik va individual ijodkorlik yo‘qligi biroz qiynagan. Yana bir transfer yozi uzoq yillik muammolarni hal qilmadi - va Simone Indzagi nostandart ishlab chiqarishning maxsus usulini topdi. Ijodkorlik emas, balki harakat va almashinuv.

Fevral oyida «Inter» 6 ta g‘alabaga erishdi va 18:2 hisobida raqiblaridan kuchli bo‘lishdi: «Atalanta», «Yuve», «Roma» va «Atletiko». Milanliklarni Italiyada to‘xtatib bo‘lmasligi allaqachon aniq. Chempionlar ligasida qanday bo‘lishi esa savol ostida. Ammo hozirda bu dunyoning eng yaxshi jamoasi.

Kiritildi: 22:27, 02.03.2024.
O'qildi: 1027 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.