Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona 5-2 Rayo Valyekano

Terzichning "Borussiya"dagi taqdiri xavf ostida qolishi mumkin

Terzichning "Borussiya"dagi taqdiri xavf ostida qolishi mumkin

Baho:
+ | -

Terzichning Dortmund boshqaruvidagi kelajagi xavf ostida qolishi mumkin.

Germaniyaning Sky Sport nashri xabariga ko‘ra, klub bosh direktori Xans-Yaxim Vaskening Edin Terzichni qo‘llab-quvvatlashi asta-sekin zaiflashmoqda. Jamoaning so‘nggi paytlarda ko‘rsatayotgan yomon o‘yinlari rahbariyatning e’tiboridan chetda qolmadi, ular vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Xabar qilinishicha, "Borussiya" rahbariyati yaqinda "Xoffenxaym" bilan o‘yinda (2:3) "qora-sariqlar"ning tarkibi eng kuchli bo‘lgan deb hisoblamoqda. O‘yinda Zabiser, Brandt, Sancho, Roys va Malen ishtirok etdi. Biroq jamoaning hujumdagi o‘yini klub rahbarlariga yoqmadi.

Taxminlarga ko‘ra, dortmundliklarning bo‘lajak o‘yinlari, xususan, "Verder" bilan o‘yini nemis mutaxassisining keyingi taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Dortmundliklar uchun kelasi mavsum Chempionlar ligasiga yo‘l olish juda muhim.

Qayd etilishicha, "Union" bilan o‘yin muvaffaqiyatsiz yakunlanganida Terzichning ahvoli yanada og‘irlashishi mumkin edi, biroq “Borussiya” mehmonda g‘alaba qozona oldi (2:0).

Kiritildi: 15:49, 03.03.2024.
O'qildi: 792 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик