Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 18:00 Sassuolo - Kalyari
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

O‘FA hududiy akademiyalaridan 11 tasi Birinchi ligada ishtirok etadi

O‘FA hududiy akademiyalaridan 11 tasi Birinchi ligada ishtirok etadi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 3 noyabrdagi «Futbol-ta’lim muassasalari tarmog‘ini kengaytirish hamda xalqaro standartlarga mos keladigan futbol infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-355-son Qarorining 3-ilovasiga muvofiq O‘zbekiston futbol assosiasiyasining hududiy futbol akademiyalari faoliyatini 2023-2025 yillarda yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlangan.

Mazkur dasturning 11-bandida 2024 yil aprelga qadar mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan hududiy futbol akademiyalarida sport klublarini tashkil qilish, bunda futbol akademiyalarining bitiruvchi futbolchilarini sport klub a’zosiga aylantirish, akademiyalarda Birinchi liga jamoasini tashkil qilish vazifasi belgilangan.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash ustida ishlagan Liga hududiy akademiyalarning barchasi tarbiyalanuvchilarini MyLeague platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tkazdi. Endilikda mazkur jarayon uzluksiz davom etishini ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Ayni vaqtga kelib, 14 ta hududiy assosiasiyaning 11 tasida Liga o‘tkazadigan Birinchi liga musobaqasida ishtirok etish uchun imkoniyat mavjud. Bular: Andijon, Farg‘ona, Namangan, Toshkent viloyati, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Navoiy, Buxoro, Xorazm, Qoraqalpog‘iston. Mazkur hududiy akademiyalar orasidan Toshkent shahri akademiyasi «Lokomotiv-BFK» bilan hamkorlikda, qolgan akademiyalar esa o‘z qoshida tashkil etilgan sport klubi yordamida Birinchi liga musobaqasida ishtirok eta oladi.

Birinchi ligani iqtidorli yoshlar o‘zini namoyon etishi mumkin bo‘lgan musobaqaga aylantirish yo‘lida Liga uch mavsumdan buyon mehnat qiladi. Bu kabi qadamlar Birinchi ligadan tor manfaatlar doirasidagina foydalanadigan shaxslar yoki jamoalarni bosqichma-bosqichma tartibga solishga yordam beradi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 16:43, 04.03.2024.
O'qildi: 818 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик