Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

«Prague Masters». Nodirbek Abdusattorov qo‘pol xato tufayli yutqazdi

«Prague Masters». Nodirbek Abdusattorov qo‘pol xato tufayli yutqazdi

Baho:
+ | -

Chexiya poytaxti Praga shahrida shaxmat bo‘yicha "Prague Masters" xalqaro musobaqasida bugun 6-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov bu turda hindistonlik Rameshbabu Pragnanandhaga qarshi oq donalarda o‘ynadi. Hamyurtimiz debyutdan kichik ustunlik bilan chiqdi. Boz ustiga, raqib kichik noaniqliklarga yo‘l qo‘ya boshladi. Biroq Abdusattorov o‘sha pallada eng aniq yurishlarni topa olmadi. U boshqa reja bo‘yicha ketdi. Natijada vaziyat tenglashib qoldi.

Rameshbabu durangga rozidek harakat qilayotgandi, ammo Nodirbek 36-yurishda o‘ta qo‘pol xatoga yo‘l qo‘ydi. Buning oqibatida vatandoshimiz bir sipohi — Fildan ayrildi va ustunlik Pragnanadha tomoniga o‘tib ketdi.

Pragnanandha esa ustunlikni qo‘ldan chiqarmadi va bahsni g‘alabagacha olib bordi.

Nodirbek Abdusattorov mag‘lubiyatga qaramay, jadvalda yaqqol peshqadamligicha qoldi. Uning hisobida 4,0 ochko mavjud bo‘lsa, Richard Rapport, Praham Maqsudlu va Rameshbabu Pragnanandha hisobida 3,5 tadan ochko mavjud.

Vatandoshimiz 5 mart, seshanba kuni germaniyalik Vinsent Keymerga qarshi qora donalarda o‘ynaydi.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 09:36, 05.03.2024.
O'qildi: 3499 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик