Kirish Ro'yxatdan o'tish
13/06 06:00 AQSh 4-1 Paragvay
13/06 23:59 Qatar 1-1 Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya - Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar - Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya - Tunis
15/06 21:00 Ispaniya - Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr

Kim Min Chje "Lasio" bilan javob o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin

Kim Min Chje "Lasio" bilan javob o‘yinini o‘tkazib yuborishi mumkin

Baho:
+ | -

"Bavariya" markaziy himoyachisi Kim Min Chje "Lasio"ga qarshi o‘yinni o‘tkazib yuborish xavfi bor.

Chempionlar ligasi 1/8 finalining javob o‘yini myunxenliklar uchun joriy mavsumdagi eng muhim o‘yinlardan biri hisoblanadi, chunki muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda Tomas Tuxel jamoasi sovrinlarsiz qolib ketish xavfini jiddiy o‘rtaga qo‘yadi. Bild xabariga ko‘ra, Kim Min Chje "Lasio"ga qarshi uy uchrashuvini o‘tkazib yuborishi mumkin. Janubiy koreyalik futbolchi dushanba kuni jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazmadi. U bo‘lajak bahsni zaxira o‘rindig‘ida boshlashi, himoya markazida esa Matteys de Ligt va Erik Dayer duyeti bo‘lishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Rimda bo‘lib o‘tgan qarama-qarshilikning ilk uchrashuvida "Lasio" g‘alaba qozongandi - 1:0.

Kiritildi: 12:27, 05.03.2024.
O'qildi: 658 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик