Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

Sherzod Esanov: «Bobur Arena»dagi atmosferani sog‘indim»

Sherzod Esanov: «Bobur Arena»dagi atmosferani sog‘indim»

Baho:
+ | -

Bu yil «Andijon» klubiga qo‘shilgan futbolchilar orasida iqtidorli yarim himoyachi Sherzod Esanov ham bor. Osiyo chempioni – bor e’tiborini yana «Andijon»ga qaratgan. Uning qaytganidan ishqibozlar ham xursand. Ayni paytda u ham jamoasi bilan birgalikda 10 mart kuni «Bunyodkor»ga qarshi bo‘ladigan uchrashuv uchun tayyorlanmoqda. «Andijon» matbuot xizmati Esanovdan intervyu oldi.

— Sherzod, «Andijon» klubiga qaytganingiz bilan tabriklayman. Hammasi qanday yuz berdi?
— Avvallambor, assalomu alaykum! Xabiringiz bo‘lsa, «Andijon» bilan shartnomam bor edi va shu shartnoma tugadi. «Andijon» jamoasi tomonidan menga taklif bo‘ldi va bu taklifga rozi bo‘ldim.

— O‘tgan yilning ikkinchi yarmida «Andijon»dan «Olimpik»ka o‘tgandingiz va bu yil yana sobiq klubingizga qaytdingiz. Aytingchi, o‘tgan vaqt davomida bu yerda qanday o‘zgarishlarni sezdingiz?
— Agar «Olimpik»da o‘tgan vaqtimga keladigan bo‘lsak, u yerda ko‘p narsa o‘rgandim. Yarim yil ichida emas, bir yil desa ham bo‘ladi. Sababi, yilning birinchi qismida ham terma jamoa sabab klubimda bo‘lmadim. O‘yin uslubi va boshqa narsalarda o‘zgarish sezdim va shu narsalarga moslashish ishlari bo‘lmoqda, desam ham bo‘ladi. Bu yerda o‘zimni ko‘rsatib, muxlislarni xursand qilmoqchimiz.

— Bu mavsumda futbolchi sifatida o‘zingizni va jamoaning potensialini qanday baholaysiz?
— Biz har doim o‘zimizga katta maqsad qo‘yamiz. Xudo xohlasa, «Andijon» muxlislarini xursand qilamiz, degan umiddaman.

— Siz 7-raqamni tanladingiz. Nima uchun?
— Bilmadim. Shu raqam bo‘shligini bilgan holda so‘radim. Shu raqamda o‘ynash niyatim bo‘ldi va bu menga qo‘shimcha motivasiya beradi.

— «Bunyodkor»ga qarshi bahsga tayyorgarlik qanday ketyapti? «Bobur arena»da to‘p surishni sog‘indingizmi?
— «Bunyodkor»ga qarshi o‘yinga yaxshi tayyorgarlik ko‘ryapmiz. Muxlislarimiz oldida g‘alaba qozonish niyatidamiz. «Bobur arena»ga kelsak, albatta o‘ziga xos atmosferani sog‘indim.

— Olmaliqdagi durangdan qoniqdingizmi?
— O‘yin kurashlar ostida o‘tdi. Aytib o‘tganimdek, biz har o‘yinga faqat g‘alaba qozonish uchun chiqamiz.

Manba: andijanfc.uz
Kiritildi: 16:35, 09.03.2024.
O'qildi: 1221 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик