Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Aleksandr Xomyakov: "Yoqimsiz an’anaga chek qo‘yganimiz yoqimli"

Aleksandr Xomyakov: "Yoqimsiz an’anaga chek qo‘yganimiz yoqimli"

Baho:
+ | -

“Andijon” – “Bunyodkor” (5:1) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida mezmbonlar bosh murabbiyi Aleksandr Xomyakov jurnalistlarning savollariga javob qaytardi.

"Kecha aytganimdek, biz mavsumning ochilishini orziqib kutdik. Ayniqsa, uy uchrashuvimizdagi ilk o‘yinni intizor bo‘lib kutgandik. Muxlislarimizni xursand qilishimizni niyat qilgandik. o‘z o‘rnida ishqibozlarimiz ham a’lo darajada qo‘llab-quvvatlashdi. Bunday muxlislik fonida biz o‘z darajamizdan past o‘yin ko‘rsatmasligimiz kerak edi. Shunday ekan, barchani bugungi g‘alaba bilan tabriklayman. Yanada oldinga intilishni xohlayman.

- Bu tarixiy g‘alaba edi. o‘yin avvalgi statiktika edi. Bundan xabaringiz bormidi?

- Albatta (kuladi). Meni bundan xabarim bor edi. Chunki meni yonimda statiktini yetkazib turadigan matbuot kotibim bor-ku. Albatta, bunday yoqimsiz an’anaga chek qo‘yib, yirik hisobda g‘alaba qozonganimiz shubhasiz yoqimli. Ishonamanki, bundan keyin ham yana shunday g‘alabalarimiz davom etadi. Eng asosiysi, ishqibozlarimizni xursand qilish. Yigitlarga ham yaxshi o‘yin ko‘rsatishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. Boshida ozgina qiyin bo‘ldi. Bir qator asabiy vaziyatlar kuzatildi. Mas’uliyatni his qilgan holda natijaga erishdik. Katta kuch bilan oldinga intilishdi. Futbolchilarimga qoyil! Standartdan gol urishga erishdik, tezkor gol ham kiritdik. Umumiy ma’noda aytganda, ko‘zlagan maqsadimizga erishdik.

- Jamoada yangi o‘yinchilar bor. Masalan, Luka Zgurskiy gol urdi. Lekin ba’zi vaziyatlarda tezligi pand berdi…

- Rubin Xebayning tezligi yuqorimidi? Luka hali yosh. Shu o‘rinda jamoamiz ham ozgina yoshardi. Aksariyat chiziqlarimizda yoshlar to‘p surishyapti. Ularda biroz tajriba yetishmayotgan bo‘lishi mumkin. Zgurskiyga to‘xtalsam, bu uning ikinchi o‘yini, o‘z uyimizdagi endi ilk uchrashuvi hisoblanadi. Bunday atmosferada balki u hali o‘ynamagandir. O‘ylaymanki, uning tezligi u qadar yomon emas. Unda asosiysi, o‘yinga intilish bor. O‘yinning har bir jarayonida ishtirok etyapti. Hujumlarda ham faol ishtirok etyapti. O‘ylaymanki, uning faoliyati yomon boshlanmadi. Jamoamizda bir qator iqtidorli yoshlar bor. Ularga yana tajriba to‘plash uchun biroz vaqt kerak. Hozirda klubga moslashish jarayoni davom etyapti. 5:1 hisobida g‘alaba qozonganimiz hali hech nimani anglatmaydi. Chunki ustimizda ko‘p ishlashimiz kerak. Muammolarimiz ham yo‘q emas. Ularni bartaraf qilish ustida ishlashda davom etamiz.

- Abduvohid G‘ulomov qanotini o‘zgartirdi. Nima uchun uning joyi o‘zgartirildi?

- Bizda qanot himoyachilari o‘rtasida ayrim muammolarimiz bor edi. Qanotlarni o‘zgartirish uchun bir qator variantlar bor edi. Masalan, Ilhom Alijonov varianti yoki Abdurahmon Komilov. Afsuski, ularni jarohatlari mavjud. Alijonov hozir tiklanish jarayonini davom ettiryapti. U asta-sekin o‘ziga kelmoqda. Ular safga qaytganidan so‘ng yanada kuchayamiz" - dedi Xomyakov.

Kiritildi: 19:14, 10.03.2024.
O'qildi: 1210 marta.
Fikrlar: 5 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.