Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/06 03:00 Braziliya 1-1 Marokash
14/06 06:00 Gaiti 0-1 Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya 2-0 Turkiya
14/06 22:00 Germaniya 7-1 Kyurasao
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya - Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal

Ferran Torres "Napoli"ga qarshi bahsda jamoasiga yordam bera oladimi?

Ferran Torres "Napoli"ga qarshi bahsda jamoasiga yordam bera oladimi?

Baho:
+ | -

Bir nechta manbalarga ko‘ra, "Barselona" Ferran Torresni Chempionlar ligasi 1/8 finalida "Napoli"ga qarshi javob o‘yinida o‘z tarkibiga qo‘shishni rejalashtirmoqda.

Ispaniyalik futbolchi yakshanba kuni jamoa bilan mashg‘ulot o‘tkazmadi. Biroq u dushanba kuni, “Napoli”ga qarshi o‘yindan bir kun oldin mashg‘ulotlarga qaytishi kutilmoqda. Agar u o‘zini yaxshi his qilsa, jamoaga qo‘shiladi.

Har holda, 24 yoshli futbolchi uchrashuvni asosiy tarkibda boshlamasligi ehtimoldan xoli emas. Chap qanotda uning o‘rniga Fermin yoki Joau Feliks maydonga tushishi kerak.

Ferran Torres joriy mavsumda “Barselona” safida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.

Kiritildi: 19:45, 10.03.2024.
O'qildi: 1027 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик