Saudiya Arabistoni vakili “Al-Hilol” ketma-ket g‘alabalar bo‘yicha jahon rekordini takrorladi. Jamoa 27 nafar raqibini birin-ketin mag‘lub etdi. “Al-Hilol” 12 mart, seshanba kuni Saudiya Arabistonining yana bir vakili “Al-Ittihod” bilan Osiyo chempionlar ligasining chorak final javob uchrashuvida yangi rekord o‘rnatishi mumkin. Garchi Ar-Riyod klubi o‘z maydonida 2:0 hisobida g‘alaba qozongani uchun minimal mag‘lubiyat bilan ham qanoatlansishi mumkin. Shunday qilib, noyob rekord so‘roq ostida.
Joriy rekord ham yuqoridan uzoqda bo‘lgan liga jamoasi tomonidan o‘rnatilgan edi. Uning egasi 2016/2017 yilgi mavsumda barcha raqiblarini mag‘lub etgan UYElsninh “Nyu Saints” jamoasi edi.
"Al-Hilol"ning rekord g‘alabali seriyasi deyarli olti oy oldin 2023 yilning 25 sentyabrida boshlangan. O‘sha kuni portugaliyalik murabbiy Xorxe Jezus jamoasi Saudiya kubogi doirasida "Al-Jabalayn"ni mag‘lub etdi (1:0). Shundan so‘ng “Al-Hilol” Saudiya Arabistoni chempionatida 16, kubok turnirida yana ikkita uchrashuvda g‘alaba qozongan. Bundan tashqari, Ar-Riyod jamoasi Osiyo chempionlar ligasida qatorasiga sakkizta g‘alabaga erishdi.
“Al-Hilol” guruh bosqichida Hindistonning “Mumbay Siti” (6:0 va 2:0) va “Nassaji” (3:0 va 2:1) klublarini ikki marta, O‘zbekistonning “Navbahor” klubini bir marta (2:0) mag‘lub etgandi. Saudiyaliklar 1/8 finalda Eronning “Sepaxon” jamoasi ustidan ikki marta g‘alaba qozongan (har ikki marta 3:1 hisobida), birinchi chorak finalda “Al-Ittihod” bilan bahslashgan.
“Al-Hilol” 1 dekabr kuni Saudiya Arabistoni chempionatida o‘z maydonida asosiy raqibi “An-Nasr”ni Krishtianu Ronaldu bilan mag‘lub etib (3:0) ushbu seriyadagi navbatdagi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi. Bu muvaffaqiyat Jezus jamoasiga ta’qibchilardan uzoqlashishga yordam berdi. Bugun esa “An-Nasr” “Al-Hilol”dan 12 ochko ortda qolmoqda.
Krishtianu xuddi mashinadek gol urib, 22 ta gol bilan chempionat to‘purarlari ro‘yxatini boshqarayotganiga qaramay, Ronaldu bilan birga “An-Nasr” qatorasiga ikkinchi yil Saudiya Arabistoni chempionatida oltin poygada mag‘lub bo‘ldi. Yulduzli jamoa yulduz atrofida qurilgan jamoadan kuchliroqdir.
Eng hayratlanarlisi, Jezus jamoasi o‘zining asosiy yulduzi Neymarsiz uchta sovrin sari shoshilmoqda. O‘tgan yilning avgustida braziliyalik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionati uchun rekord summa 90 million yevro evaziga shartnoma imzolagan edi.
Sobiq “PSJ” hujumchisi “Al-Hilol”da o‘ynashga muvaffaq bo‘ldi. U bor-yo‘g‘i beshta o‘yinda bitta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Keyin tizzasidan jarohat oldi va mavsumning qolgan qismida safdan chiqdi. Balki bu "Al-Hilol" uchun yaxshi bo‘lgandir, chunki Neymar o‘zini superyulduzdek his qilib, jamoaviy o‘yin zarariga qandaydir tarzda ta’sir ko‘rsatayotgan edi.
Jamoadagi ichki muhitni boshqa xorijlik futbolchilar Malkom, darvozabon Bunu, himoyachi Kulibali, yarim himoyachilar Ruben Nevesh, Milinkovich-Savich, Maykl va barcha turnirlarda 31 gol urgan hujumchi Mitrovich belgilaydi.
So‘nggi to‘rt oy ketma-ket Jezus Saudiya Arabistonida oyning eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Portugaliyalik chinakam top mutaxassis, buni u Yevropada ko‘p marta isbotlagan. Dekabr oyida Xorxe pul haqidagi savolga: “Men “Al-Hilol”ni tark etmayman, chunki men dunyodagi eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyman” deya qiziq e’tirof qilgan edi.
Xorxe Jezus shu yozda 70 yoshga to‘ladi. Osiyo chempionlar ligasi va Saudiya Arabistoni chempionatidagi g‘alaba va sovrinlar soni bo‘yicha jahon rekordi “Al-Hilol” ustozi uchun eng yoqimli sovg‘a bo‘lsa kerak.