Kirish Ro'yxatdan o'tish
19/07 02:00 Fransiya 4-6 Angliya
19/07 23:59 Ispaniya 1-0 Argentina
21/07 20:00 Buxoro - Bunyodkor
21/07 20:00 Paxtakor - Xorazm
21/07 20:00 So‘g‘diyona - Neftchi

Xavi: "Bu mavsumning eng muhim o‘yini"

Xavi: "Bu mavsumning eng muhim o‘yini"

Baho:
+ | -

"Barselona" bosh murabbiyi Xavi "Napoli"ga qarshi Chempionlar ligasi 1/8 final javob o‘yini oldidan fikr bildirdi.

"Bu mavsumning eng muhim o‘yinimi? Ha, shunday. Biz esa ishtiyoq bilan tayyorlanyapmiz. "Barselona" 4 yildan beri Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqa olmayapti, ammo endi bizda imkoniyat bor. Raqib eng yaxshi davrni o‘tkazmayapti, lekin ularda tajriba bor - ular Italiya chempioni. Bizga muxlislar yordami kerak bo‘ladi”, - dedi Xavi matbuot anjumanida jurnalistlarga.

“Barselona” – “Napoli” uchrashuvi 12 mart, seshanba kuni bo‘lib o‘tadi. Italiyadagi birinchi o‘yinda jamoalar 1:1 hisobida durang o‘ynagandi.

Kiritildi: 19:22, 11.03.2024.
O'qildi: 1432 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик