"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ernandes "Napoli"ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi o‘yini haqida gapirdi.
Eslatib o‘tamiz, Neapolda bo‘lib o‘tgan 1/8 finalning ilk uchrashuvi 1:1 hisobida yakunlangandi.
"Bizga "Monjuik" ertaga "Kamp Nou"dek bo‘lishi kerak. Barcha muxlislardan bizni imkon qadar qo‘llab-quvvatlashlarini so‘rayman", - dedi Xavi jurnalistlarga.