Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/05 00:30 Real Madrid 2-0 Real Ovyedo
16/05 00:00 Aston Villa 4-2 Liverpul
17/05 15:00 Komo - Parma
17/05 15:00 Jenoa - Milan
17/05 15:00 Yuventus - Fiorentina
17/05 15:00 Piza - Napoli
17/05 15:00 Roma - Lasio
17/05 16:30 Man. Yunayted - Nottingem Forest
17/05 18:00 Inter - Verona
17/05 19:00 Everton - Sanderlend
17/05 19:00 Brentford - Kristal Pelas
17/05 19:00 Lids - Brayton
17/05 19:00 Vulverhempton - Fulhem
17/05 21:00 Atalanta - Bolonya
17/05 21:30 Nyukasl - Vest Xem
17/05 22:00 Rayo Valyekano - Vilyarreal
17/05 22:00 Atletiko - Jirona
17/05 22:00 Osasuna - Espanyol
17/05 22:00 Atletik Bilbao - Selta
17/05 22:00 Elche - Xetafe
17/05 22:00 Levante - Malyorka
17/05 22:00 Real Sosyedad - Valensiya
17/05 22:00 Sevilya - Real Madrid
17/05 22:00 Real Ovyedo - Alaves
17/05 23:45 Kalyari - Torino
17/05 23:45 Sassuolo - Lechche
17/05 23:45 Udineze - Cremonese

Islom Mamatkazin: “Bunday ishqibozlar oldida to‘p surish hammaga zavq va motivasiya beradi”

Islom Mamatkazin: “Bunday ishqibozlar oldida to‘p surish hammaga zavq va motivasiya beradi”

Baho:
+ | -

Superliganing 2-turida “Andijon” o‘z maydonida “Bunyodkor”ni qabul qilib 5:1 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z muxlislari uchun haqiqiy bayramona kayfiyatni yarata oldi.

Uchrashuvda uchinchi gol muallifiga aylangan himoyachi Islom Mamatkazin ham “Andijon”ning g‘alabasiga katta hissasini qo‘sha oldi. Iqtidorli futbolchi klub matbuot xizmatining o‘yinga taalluqli bir qator savollariga javob qaytardi.

-Islom, ajoyib o‘yin va g‘alaba bilan tabriklaymiz. Bunday uchrashuvdan so‘ng nimalarni ayta olasiz?

-O‘yin juda shiddatli o‘tdi. Tarixni yangilash payti kelgandi va buni yangiladik. Bu bizning “Bunyodkor” ustidan birinchi g‘alabamiz bo‘ldi. Ushbu muvaffaqiyatga hissamizni qo‘shganimizdan xursandmiz. Barcha kelgan muxlislarga va bizni qo‘llab-quvvatlaganlarga rahmat. Bunday ishqibozlar oldida to‘p surish hammaga zavq va motivasiya beradi.

-Yirik hisobdagi g‘alabani qanchalik kutgandingiz? Umuman, bahsdan oldin qanday hisobni o‘ylagandingiz?

-To‘g‘risi, yirik hisobda g‘alaba qozonishimizni kutmagandik. O‘yindan oldin 2:0 yoki bitta to‘p farqi bilan yutamiz, deb o‘ylagandim.

-O‘yin davomida “Bobur Arena”da yuzaga kelgan muhit haqida nima deya olasiz va bu sizga qanday ta’sir qildi?

-Uchrashuvdagi muhit bizga yaxshi ta’sir ko‘rsatadi. Aytib o‘tganimdek, motivasiya beradi. Futbolchilarni ruhlantiradi va o‘ziga yarasha kuch bag‘ishlaydi. Bu orqali biz 12-o‘yinchiga ega bo‘lib, maydonda bir futbolchi ko‘p o‘ynagandek bo‘lamiz.

-Golingizni Konor Makgregor uslubida nishonladingiz. Bunga oldindan tayyorlanganmisiz yoki to‘satdan shu narsa xayolingizga keldimi?

-Yo‘q, bu tayyorlangan narsa emasdi. Shunchaki, bir kun oldin gol ursam shunday nishonlayman, degan o‘y xayolimga kelgandi.

-Bu sizni “Andijon”dagi va Superligadagi ilk golingiz…

-Ha, debyut golim bo‘ldi.

-Debyut golingizni kimga bag‘ishladingiz?

-Onamga.

-Bunyodkor” sizda qanday taassurot qoldirdi?

-Hamma biladi, “Bunyodkor” kuchli jamoa bo‘lib kelgan. Menimcha, yangi murabbiylar kelgani sababli ularda moslashuv jarayoni bo‘lyapti.-

-Jamoada g‘alabaga ishtiyoq va shijoat kuchli edi va bu natijada ham sezildi. Jamoa buning uchun qanday motivasiya oldi?

-Avvalo aytishim kerakki, jamoamizda muhit a’lo darajada. Hamma futbolchilar tushunib turgandi va tarixni yangilash payti kelganligini his qilishayotgandi. Hamma “Andijon” sha’nini munosib himoya qilish hamda “Bunyodkor” ustidan faqat g‘alaba qozonish uchun kurashdilar. Hali bunaqa g‘alaba bo‘lmagan. Biz o‘z maqsadimizga erishganimizdan xursandmiz.

-Endi Toshkentda “Surxon”ga qarshi o‘yin bor. Bo‘lajak bahs haqida o‘ylayotgandirsiz?

-Biz yana shu ruhda davom etib, Xudo xohlasa, “Surxon” bilan o‘yinda ham g‘alaba qozonamiz, deb umid qilaman.

Manba: "Андижон" клуби матбуот хизмати
Kiritildi: 05:45, 12.03.2024.
O'qildi: 1262 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик