Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona - Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter - Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend - Brayton
14/03 20:00 Byornli - Bornmut
14/03 20:15 Atletiko - Xetafe
14/03 22:00 Napoli - Lechche
14/03 22:30 Chelsi - Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal - Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo - Valensiya
15/03 00:45 Udineze - Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem - Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta

Akbar Ismatullayev va «Dinamo» ishi O‘FA qo‘mitasiga oshirildi

Akbar Ismatullayev va «Dinamo» ishi O‘FA qo‘mitasiga oshirildi

Baho:
+ | -

Samarqandning «Dinamo» klubi 2023 yilning 15 dekabr sanasida futbolchi Akbar Ismatullayev bilan 1 yillik shartnoma imzolagan bo‘lib, mazkur shartnomani «Superliga va Proliga reglamenti»da belgilangan limitdan tashqari 17 dekabr kuni Liga ro‘yxatidan o‘tkazgan. 18 dekabr kuni esa qishki transfer oynasi ochilgan.

Biroq «Dinamo» qishki transfer oynasi yopiladigan 24 fevralga qadar Akbar Ismatullayevni musobaqalar uchun ro‘yxatga kiritmadi. Ya’ni, futbolchining «Dinamo» bilan amalda shartnomasi bor bo‘lsada, u Liga tomonidan o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi. Vaholanki, mehnat shartnomasining 4.1.3-bandida futbolchining murabbiylar qo‘l ostida mashg‘ulot o‘tkazishi hamda musobaqalardagi ishtirokini ta’minlash «Dinamo» majburiyatlaridan biri sifatida ko‘rsatilgan.

Futbolchi sifatidagi asosiy huquqi poymol qilingach, Ismatullayev O‘zbekiston futbolchilari uyushmasiga shikoyat kiritdi. Shu asosda 29 fevral kuni «Dinamo» futbolchi FIFA nizomlari asosida shartnomani bir taraflama bekor qilishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirish xati oldi, ammo uni belgilangan muddat ichida javobsiz qoldirdi. Natijada Istamullayev joriy yilning 7 mart kuni «Bunyodkor» klubi bilan shartnoma imzoladi.

«Futbolchilar maqomi va transferi bo‘yicha reglament»ning 6.1-bandida shartnomasi uzrli sabab bo‘yicha tugagan professional futbolchi istisno tariqasida ro‘yxatdan o‘tkazish davridan tashqari ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkinligi, Assosiasiya bunday professional futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazishga tegishli musobaqaning sport yaxlitligiga yetarlicha diqqat-e’tibor qaratish shartida ruxsat berishi mumkinligi belgilangan. Shundan kelib chiqib, uyushma Akbar Ismatullayevga «Bunyodkor» tarkibida musobaqalarda ishtirok etishga ruxsat berish masalasida yordam so‘ragan.

Liga mazkur holatni o‘rganib chiqib, ishni O‘FA tegishli qo‘mitasiga oshirishga qaror qildi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 10:51, 14.03.2024.
O'qildi: 2306 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.